2.11-rasm. CPU-Z dasturi oynasining Кеш bandi.
Ushbu bandga mos oynada Объем кеш памяти maydonida kesh xotira sig‘imi, Сведения о кеше maydonida kesh xotirani tashkil etish usullari va keyingi maydonlarda ushbu usullarga xos ma’lumotlar tasvirlanadi.
CPU-Z dasturi oynasidagi uchinchi band Плата deb nomlangan bo‘lib, ushbu band faollashtirilganida ona plata haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin (2.12-rasm).
2.12-rasm. CPU-Z dasturi oynasi Плата bandi.
Ushbu bandga mos oynada quyidai maydonlar mavjud:
Производитель модели и ревизии — опа plata ishlab chiqargan kompaniya nomi.
Модель материнской платы - опа plata modeli.
Набор микросхем - chipset haqida ma’lumot.
Южный мост -janubiy ko‘prik ishlab chiqaruvchisi, modeli haqida ma’lumot.
- Чип мультиввода-вывода - ko‘p muhitlilik sharoitida kirish-chiqarish.
Shu o‘rinda chipset haqida quyidagilami aytib o‘tish joiz. Ko‘pchilik ona platalar xususiyatlari chipset bilan aniqlanadi. Chipset tizimli plataga integrallashgan tarzda o‘rnatilgan barcha komponentalami boshqarish uchun ishlatiladigan tizimli sxemalar to‘plamidir. Chipset protsessor, tizimli xotira, kiritish-chiqarish portlari, kengaytirilgan kartalar, qattiq disk kontrollyorlarining o‘zaro birgalikda ishlashlarini tashkil etadi.
Tuzilishiga ko‘ra chipset ikki qismdan iborat - shimoliy va janubiy ko’priklar. Shimoliy ko‘prik ona plataning shimoliy qismida, janubiy ko‘prik esa quyi, ya’ni janubiy qismida joylashgan. Shimoliy ko‘p- rik protsessor bilan tizimli xotira, AGP portlarining o‘zaro birgalikda ishlashiga va janubiy ko‘prik bilan bo‘ladigan aloqaga javob beradi. Janubiy ko’prik protsessor bilan kiritish-chiqarish portlari, kontrol- lyorlar, PCI shinalarining o‘zaro birgalikda ishlashlariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |