2.5-rasm. Диспетчер устройств muloqot oynasi.
Qurilma xususiyatlari muloqot oynasinida (2.6-rasm) qurilma haqida (nomi, turi, ishlab chiqaruvchisi, holati, kompyuter tizimiga ulanganligi) umumiy ma’lumotlar tasvirlanadi. Oynaning “Состояние устройства” sohasida qurilma to‘g‘ri o'matilganmi, boshqa qurilmalar bilan ziddiyatli vaziyat keltirib chiqaradimi yoki yo'qmi kabi ma’lumotlar tasvirlanadi.
2.6-rasm. Qurilma xususiyatlarini tasvirlovchi muloqot oynasi.
Windows 7 operatsion tizimida ishlash jarayonida yuzaga keladigan nosozliklami aniqlash va ularni bartaraf etishning ichki imkoniyatlari mavjud. Tizim nosozliklarini aniqlash vositalari orqali to‘plangan ma’lumotlami ko‘rish uchun Панель управления papkasi oynasida Система и безопасность bandidan Проверка состояния компьютера и решение проблем havolasini faol- lashtirish kerak. U holda Центр поддержки muloqot oynasi ochilib (2.7-rasm), oynadagi Просмотр последних сообщений и решение проблем sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar tasvirlanadi.
2.7-rasm. Центр поддержки muloqot oynasi.
Kompyuter unumdorligi nafaqat protsessor chastotasiga va tezkor xotira sig'imiga, balki protsessorning ish bilan yuklanganlik va virtual xotiradan foydalabish holatiga ham bog‘liq. Agar prot- sessoming ish bilan yuklanganlik holati 100% ga yetgan bo‘lsa, kompyuter unumdorligi pasayib ketadi va qattiq diskdagi virtual xotirasidan foydalanish sekinlashadi. Protsessorning ish bilan yuklanganlik va virtual xotiradan foydalanish holatini Windows operatsion tizimining masalalar dispetcheri (Диспетчер задач) yorda- mida kuzatish mumkin.
Masalalar dispetcherini chaqirish uchun bir vaqtda Ctrl+ Alt+Del klavishalari kombinatsiyasini bosish yoki ko‘rsatkichni ish stolidagi masalalar panelining bo‘sh joyiga keltirib, sichqoncha o‘ng tugmasini bosgan holda ochilgan kontekstli menyudan Диспетчер
Do'stlaringiz bilan baham: |