B. S. Axrarov


-rasm. Kompyuter tizimi haqidagi ma’lumotlami o‘z ichiga olgan oyna. Oynaning Система


Download 3.61 Mb.
bet24/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

2.3-rasm. Kompyuter tizimi haqidagi ma’lumotlami o‘z ichiga
olgan oyna.
Oynaning Система nomli bo'limida tizim unumdorligini ko'rsatuvchi parametr Индекс производительности системы mavjud. Ushbu parametr qiymati orqali kompyuteming apparat va dasturiy ta’minotini tahlil qilish rnumkin. Parametr qiymati qanchalik yuqori bo‘lsa, kompyuter tizimi shunchalik qudratii bo‘lib, katta resurslami talab qiluvchi masalalami tez bajarishini bildiradi. Kompyuter tizimi unumdorligi indeksi kompyuteming alohida tashkil etuvchi komponentalari (processor, xotira, qattiq disk, grafik interfeys va shu kabilarni) ko‘rsatkichlarining eng kichik qiymatlari asosida aniqlanadi.
Система nomli oynaning chap sohasida Защита системы va Дополнительные параметры системы havolalari joylash- gan. Защита системы havolasi faoilashtirilsa, tizimning himoya parametrlarini o‘matish uchun Защита системы oynasi ochiladi.
Дополнительные параметры системы havolasi faollash- tirilsa, Свойства системы oynasi ochiladi.
Система nomli oynaning Имя компьютера, имя домена и параметры рабочей группы nomli bo‘limida joylashgan Изменить параметры havolasini faollashtirish orqali shu oynaning o‘zida Свойства системы oynasini ochish mumkin.
Свойства системы muloqot oynasining Оборудование bandini faollashtirib, kompyuterga o'rnatilgan qurilmalar, dray- verlar va kiritish-chiqarish portlari haqida ma’iumotlar olish mumkin (2.4-rasm).

2.4-rasm. Свойства системы muloqot oynasidagi Оборудование bandi.

Диспетчер устройств tugmasini bosish orqali kompyuter- dagi barcha qurilmalar ro'yxatini tasvirlovchi Диспетчер устройств muloqot oynasini ochish mumkin (2.5-rasm). Ushbu oynadan foydalanib, nosoz qurilmalami aniqlash, drayverlami yangilash, muayyan belgilangan qurilmalar uchun ajratiladigan tizim resurslari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Biror qurilma haqida ma'lumot olish uchun o‘sha qurilmaning xususiatlarini ko‘rsatuvchi oynani ochish kerak. Buning uchun ko‘rsatkichni qurilma nomiga keltirib, quyidagi amallardan birini bajarish kerak:
- sichqoncha chap tugmasini ikki marta ketma-ket bosish;

  • oynadagi Действие menyu rejimidan Свойства buyru- g‘ini bajarish;

  • sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekstli menyudan Свойства buyrug‘ini bajarish.



Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling