Ш bob. DASTURIY TA’MINOT VA UNING RIVOJLANIB
BORISH TENDENSIYALARI
Dasturiy ta’minot va uning tasnifi
Qayta ishlash jarayonida kompyuter tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi dastur deyiladi.
Dasturiy ta’minot (Software yoki qisqacha DT) - axborotga ishlov berish tizimining barcha yoki ba’zi dasturlari, tartiblari, qoi- dalari va ularga tegishli hujjatlar. Dasturiy vositalar yozilgan tashuvchidan qat'i nazar inteliektual mahsulot hisoblanadi. Boshqa- cha qilib aytganda, dasturiy ta’minot muayyan masalani yechish uchun foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni unumli tashkil etgan holda ishlatiladigan dasturlar to‘plamidir.
Kompyuterda ishlatiladigan barcha dasturlami, ya’ni dasturiy ta’minotni shartli ravishda uchta toifaga ajratish mumkin:
Kompyuter resurslarini (xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari kabi) boshqarish, saqlanayotgan axborotlardan nusxa olish, kompyuter qurilmalari ishini nazorat qilish. foydalanuvchiga turli xil uzilishlar haqida ogohlantirishlar berish kabi turli funksiyalarni bajaruvchi tizimli dasturlar.
Bevosita foydalanuvchi uchun zarur boJgan amaliy masalalami yechishni ta’minlovchi amaliy dasturlar.
Yangi ma’lumotlar, hujjatlar, dasturlar yaratish, shuningdek, ma’lumotlar bazalarini boshqarish imkonini beruvchi uskunaviy dasturlar (3.1-rasm).
Hisoblash texnikasining shiddat bilan rivojlanishi va uning qo‘llanilish sohasining kengayishi dasturiy ta’minot evolutsiyasi jarayonini keskin tezlashtirdi. Bu holat dasturiy ta’minotni tasniflashda, albatta, inobatga olinishi kerak.
Agar avvallari dasturiy ta’minotning asosiy toifalari - operatsion tizimlar, translatorlar, amaliy dasturlar paketi sanoqii darajada bo‘lgan bo‘Isa, endilikda vaziyat tamomila boshqacha tus olgan.
3.1-rasm. Dasturiy ta’minot tasnifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |