Qizilqum cho’li Reja: Kirish


Download 96 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1530899
  1   2   3   4   5
Bog'liq
qizik qum


Qizilqum cho’li

Reja:



Kirish



  1. Qizilqum cho’lining geografik o’rni

  2. Qizilqum cho’lining geologic tuzilishi

  3. Qizilqum iqlimi va ichki suvlari

  4. Tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi

  5. Qizilqum tabiatini himoya qilish chora tadbirlari



Xulosa
Adabiyotlar
Qizilqum Turon tekisligidagi eng katta cho’llardan biri bo’lib, asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgandir. O’zbekiston hududida Qizilqum cho’lining joy­lashgan qismi Qizilqum okrugiga kiradi. Shimoli-g’arbda Qizilqum okrugi Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho’l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g’arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog’iston bilan bo’lgan davlat chegarasiga to’g’ri keladi.
Cho`lning Qizilqum dеb atalishiga sabab, uning ko`p qismini egallab yotgan qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimgi qoldiq past tog`lardagi qizg`ish jinslarning nurashidan qosil bo`lgan qoldiq qumlar ko`p yеrda qizil rangga ega. Qizilqumning janubiy qismida esa qumlar rangi to`q, kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kеlgan yotqiziqlardan qosil bo`lgan, qizil tuproqlar bilan aralashmagan.
Qizilqumning maydoni 300 ming km2. Okrug janubi-sharqdan shimoli-g’arbga qarab pasayib boradi. Uning o’rtacha mutlaq balandligi 200—300 m bo’lsa, janubi-sharqda 350—400 m, shimoli-g’arbda esa 90—100 m ga tushib qoladi.
Qizilqum okrugi relyef jihatidan bir xil emas. Uning ko’pchilik qismini mutlaq balandligi 200 m gacha bo’lgan qumli tekisliklar ishg’ol qiladi Bu yerda botiqlar, tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog’lar mavjud. Tekisliklarning ko’pchilik qismini allyuvial sochilma qumlar ishg’ol qilib, asosan, eol relyef shakllari — qum marzalari (nisbiy balandliklari 15—20 m, maksimal balandliklari 60—70 m gacha), do’ng qumlar, kamroq esa barxanlar mavjud. Qum marzalari ko’proq meridional yo’nalishga ega bo’lib, o’simliklar bilan mustahkamlangan. Do’ng qumlari Qizilqumning markaziy qismlarida mavjud, ular ham mustahkamlangan. Barxanlar Qizilqum okrugida nisbatan kam bo’lib, ular aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo sohillarida ko’proq joylashib, ularning harakatga kelishi insonlarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq.
Qizilqum okrugida marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar uchraydi, ammo ular kam. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv bug’lanib ketib, qurib, usti qotib yorilib ketadi.
Qizilqum okrugining markaziy qismida bir necha berk botiqlar joylashgan. Botiqlar Qizilqumning markaziy qismidagi qoldiq tog’lar orasida tektonik botiqlar mavjud.
Botiqlarning tagi qumdan iborat bo’lib, ustki qismi taqir yoki sho’rxoklardan iborat. Bu botiqlarning eng kattalari Bo’kantog`ning janubida dengiz sathidan 12 m pastda joylashgan Mingbuloq, Yetimtog’ning januby-sharqida joylashgan Mullali, Ovminzatog’ bilan Qazaxtog’ orasida joylashgan Qoraxotin, Quljatog’ning janubi-sharqida joylashgan Oyoqog’itma botiqlaridir. Bu botiqlarning har birining bo’yi 40—50 km ga yetadi.
Qizilqum okrugining markaziy qismidagi platolardan ko’tarilib turgan paleozoy qoldiq tog’lari eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi hisoblanadi. Bu tog`lar juda ham yemirilib ketgan bo’lib, mutloq balandliklari 922 m dan oshmaydi. Bu tog’larning eng muhimlari Quljuqtog’ (Irlir cho’qqisi 764 m), Yetimtog’ (568 m), Tomditog’ (Otog’ cho’qqi 922 m), Ovminzatog’ (635 m), Quljuqtog’ (785 m), Qazaxtog’ (394 m), Sulton Uvays tog’i (Ashitog’, cho’qqi 473, m). Shu sababli bu qoldiq tog’lar deyarli kenglik bo’ylab yo’nalib paleozoy erasining kristalli slanetslari, kvartsli slanetslari va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ular orasida esa granit, diorit, granodiorit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi.
Qizilqumning tekislik qismi neogen va antropogen davrning allyuvial tekisliklaridan, asosan, dengiz va Amudaryo hamda Sirdaryoning yotqiziqlaridan iborat, ustini esa qalinligi 10—12 m keladigan qumlar qoplab olgan. Qizilqumda kopdan —kop qadimgi quruq ozanlar uchraydi. Ulardan eng kattasi Janadaryo bolib, u taxminan qizilorda shaqri yaqinida boshlanib, janubi —qarb tomon oqqan va bu ozan orqali Sirdaryo suvlari qachonlardir Orol dееngizigacha borib ^uyilgan Sulton Uvays toqining sharqiy qismidan Orol dеngizining janubi — qarbiy qirqoqigacha Amudaryoning qadimgi ozani Aqchadaryo chozilib yotibdi. U uzunligi 170 km, kеngligi 25 km kеladigan dеlta qosil qilgan. qizilqumning janubiy qismida qam bir nеcha qadimgi ozanlar mavjud, bular Sirdaryoning qadimgi ozani Daryosoy va Zarafshonning Moxandaryo ozanidir.
Qizilqum okrugida, ayniqsa, paleozoy qoldiq tog’larida oltin, slyuda, feruza, asbest, boksit, simob, grafit, volfram, tal’k, granit, yashma, island shpati kabi qazilma boyliklar, tekislik qismida esa gaz, neft, uran, oltingugurt konlari mavjud. Qizilqum okrugida foydali qazilmalar qazib olinayotgan va qazishga tavsiya qilingan konlarni o’zlashtirish asosida ol­tin, uran, qurilish xom-ashyolari, keyinchalik mis, boksit, stron­tsiy konlarini o’zlashtirish asosida Zarafshon, Uchquduq, Tomdibuloq, Ko’kpatos ishlab chiqarish tarmoqlari, granit, oltin, bu-yoq'bop minerallar, qurilish xom-ashyolarini o’zlashtirish negizida Tasqazg’on ishlab chiqarish shoxobchasi, tabiiy gazlarni o’zlash­tirish negizida esa Gazli ishlab chiqarish tarmog’i vujudga kelgan. Qizilqum o’lkasida oltin (Buruntog’, Ko’kpatas), uran (Uchquduq), gaz (Gazli,Toshquduq, Xo’jaqazg’on), oltingugurt, simob, grafit, fosfor, asbest, korund, mis, feruza, binokorlik materiallari konlari mavjud.
Qizilqum okrugining iqlimiy xususiyatlari katta hududni egallagani uchun shimoldan janubga qarab o’zgarib boradi. Qizilqum hududining yaylovlari ob-havosi keskin kontinentalligi bilan xarakterlanadi. О‘rtacha yillik yog‘in miqdori 105-160 millimetrni tashkil etadi va yog‘ingarchilikning asosiy qismi qish-bahor mavsumiga tо‘g‘ri keladi.
L.S.Gayevskaya, N.Salmanov (1995) ma’lumotlariga kо‘ra umumiy yog‘ingarchilik miqdorining 45-50 foizi bahor, 35-40 foizi qish, qolgan 10-20 foizi esa kuz va yoz fasllarida sodir bо‘ladi.
Ob-havo harorati yil mavsumlariga qarab keskin о‘zgaruvchanlikka ega. Meteorologik stansiyalar ma’lumotlariga kо‘ra о‘rtacha yillik havo harorati +13 +170S ni, yoz davridagi harorat +450 +470S ni, qish davridagi mutlaq minimal harorat esa –25 –300S ni, havoning о‘rtacha nisbiy namligi 45-55 foizni, iyul oyida esa bu kо‘rsatgich 13-18 foizgacha pasayadi.
Mazkur hudud iqlimining xususiyatlaridan biri tez-tez esib turadigan, aksariyat holatlarda esa kuchli, shamollardir. Uning tezligi sekundiga 20-25 metrgacha yetadi. Bu esa tuproq va о‘simlik qoplamiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shamol aksariyat hollarda shimoldan, shimoli-g‘arbdan va sharqdan esadi. Yoz oylarida issiq shamol “garmsel” esib, havoning nisbiy namligi keskin pasayadi.
Qizilqumning shimoliy qismi iqlimi asosan Markaziy Osiyo antitsikloni va g’arbdan keladigan siklonlar ta‘sirida vujudga kelsa, janubiy qismi iqlimining shakllanishida tropik havo massalarining ta‘siri ancha kattadir. Shuning uchun Qizilqum okrugining qishi sovuq, davomli bo’lib, yanvarning o’rtacha harorati shimolida -4 -10° bo’lsa, janubida -1 -2° bo’ladi. Qizilqum okrugining iqlimiy xususiyati jiqatidan farqlanuvchi shimoliy qismi bilan janubiy qismi orasidagi chegara taxminan 41° shi­moliy kenglik yoki —3° yanvar izotermasi orqali o’tadi.
Iqlimining qishda shakllani­shida Qizilqumning shimoliy qismida Sibir antitsiklonidan vujudga kelgan havo massasi muhim omil hisoblanadi. Bu havo massasi shimoli-sharqdan esib hudud haroratini pastga tushirib, quruq, lekin ochiq, sovuq ob-havoni vujudga keltiradi. Shuningdek qishda bu joylarga shimoli-g’arbdan va g’arbdan keladigan siklon turli havo massa­si ham ta‘sir etib, shimoli-sharqdan esuvchi havo massasi bilan to’qnashadi. Natijada qish ob-havosining tez-tez o’zgarib ochiq ayozli ob-havo nam, nisbatan iliq ob-havo bilan almashib turadi. Ba‘zi kunlari Sibir antisikloni bilan birga Qizilqum ok­rugining shimoliga Rossiya tekisligining janubi-sharqidan so­vuq havo massasi ham yetib kelgach, harorat pasayib, —35° gacha tushadi.
Yoz uning hamma qismida deyarli bir xil bo’lib Qizilqum okrugida, quruq, ochiq, issiq, markaziy qismi esa qizib ketib, iyulning o’rtacha harorati 28°—30°ga yetadi. Nisba­tan pastroq, iyulning 26°li izotermasi okrugning shimoli-g’arbiga to’g’ri keladi. Qolgan qismlarida esa iyulning o’rtacha harorati 26—28° atrofida o’zgaradi. Eng issiq 46° ga yetadi.
O’zbekistonning qurg’oqchil qismlaridan biri Qizilqum okrugi bo’lib, uning shimoli-g’arbida, Quyi Amudaryo okrugiga tutash qismlarida yillik yog’in miqdori 75—100 mm atrofida o’zgaradi. Yog’in miqdori okrugning janubi-sharqiy qismiga borgan sari ortib, 100—150 mm ga, qoldiq tog’lar va Nurota tog’lariga yaqin qismlarida esa 200 mm ga yetadi.
Yog’in yil fasllari bo’yicha Qizilqum okrugida notekis taqsimlangan. Yillik yog’inni 100% desak uning 48% bahorga 30% qishga, 19% kuzga, faqat 3% yozga to’g’ri keladi. Yog’inning bir qismi qor holida yog’sa-da, Qizilqumda u qalin bo’lmasdan (qalinligi 20 sm ga yetadi) uzoq vaqt saqlanmaydi (yiliga o’rtacha 20 kun qor qoplami bo’ladi). Okrugning shimoliy qismida qor oktabrdan aprel oyining oxirigacha, janubida esa noyabrning boshlaridan mart oyining oxirigacha bo’lishi kutiladi. Qor qoplami yupqa bo’lib, uzoq vaqt saqlanmaganligi tufayli mollarni qishda ham yaylovda boqiladi. Lekin ba‘zan qishda haroratning tez-tez pasayib ketishi chorvachilikka ancha salbiy ta‘sir etadi.
Qizilqum okrugida shamollar yil bo’yi shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-g’arbdan esib, tezligi o’rtacha sekundiga 3—4 m atrofida. Lekin qishda va bahorning boshlarida shimoli-sharqdan nisbatan kuchli shamollar esib turadi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling