Qizilqum cho’li Reja: Kirish


Efemerlar va efemeroidlar


Download 96 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1530899
1   2   3   4   5
Bog'liq
qizik qum

Efemerlar va efemeroidlar. О‘zlarining vegetatsiya (о‘sish) davrini erta bahorda boshlab, tо‘liq rivojlanish siklini aprel-may oylarida tugatadi. Bu tur(nо‘xatak, rang, iloq, qo`ng`irbosh, yaltirbosh, arpag`on, oqchitir)ga mansub о‘simliklar qо‘ylar uchun bahor mavsumida turli vitaminlar va oqsillarga (karotin kо‘rinishida) boy kо‘k ozuqa, yoz oylarida esa quruq ozuqa sifatida ahamiyatli.
О‘tchil о‘simliklar. Bular ildiz tizimi yaxshi rivojlangan о‘simliklar bо‘lib (karrak, yantoq), yerning chuqurroq qatlamlaridagi suvlardan foydalanishga moslashgan. Dag‘al poyali о‘simliklar qо‘ylar uchun qimmatli va tо‘yimli ozuqa hisoblanadi.
Buta va yarim buta о‘simliklar. Ildiz tizimi kuchli, barglari esa kuchsiz rivojlangan о‘simliklar bо‘lib, tuproqning chuqur qatlamlaridagi suvlardan foydalanishga moslashgan (saksovul, juzg‘un, shuvoq va boshqalar). Bular mayda tuyoqli chorva uchun kuz va qish oylarida tо‘yimli ozuqa hisoblanadi.
Shо‘radosh о‘simliklar. Ildiz tizimi kuchsiz, barglari esa kuchli rivojlangan (baliqko`z, donasho`r), tarkibida kо‘p miqdorda tuz saqlovchi о‘simliklar bо‘lib, kuz va qish oylarida qо‘y-echkilar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Shuningdek, Janubi-G‘arbiy Qizilqum yaylovlarida efemerli-butali hamda juzg‘un-saksovul assotsiatsiyasi guruhli о‘simliklar о‘sib yaxshi rivojlanadi va ulardan chorva mollarini boqishda keng kо‘lamda foydalanish mumkin. Yuqorida qayd qilingan ozuqabop о‘simliklardan samarali foydalanish va ularni kо‘paytirish hamda muhofaza qilish mavjud bо‘lgan yaylovlar mahsuldorligini oshirishga imkon beradi va bu esa qorakо‘lchilikni rivojlantirishning istiqbolli yо‘llaridan biri hisoblanadi.
Okrug zoogeografik xususiyati jihatidan Turon provensiyasining Qizilqum zoogeografik rayoniga mansubdir. Okrug hayvonot olami Turkiston cho’llariga xos bo’lgan vakillar bilan tavsiflanadi. Lekin okrugda taroq barmoqli qo`shoyoq, xo’jasavdogar kabi endemik vakillar mavjud.
Qumli-cho’llarda kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qum sichqoni, shalpangquloq, qo`shoyoqlar, toshbaqa, tipratikan kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan dumaloq boshli kaltakesak,agama,echkemar,stsink gekkoni,o’qilon,qum bo’g’ma iloni, efa iloni (charx ilon) yashaydi.Sut emizuvchilardan cho’l mushugi, jayron, xon­gul, sayroq (oq quyruq), bo’ri, tulki, quyon uchraydi. Hasharotlardan esa chayon, qoraqurt, tarantul, falang, chigirtka bor.
Amudaryo sohilarida Qizilqum okrugida to`qayzorlar ham mavjud bo’lib, unda g’oz, o’rdak, qirg`ovul, to’ng’iz kabi hayvonlar bor. Qizilqum okrugidagi Amudaryo sohillarida joylashgan to’qay landshafti va u yerdagi o’simlik hamda hayvonlarni (xongul, jayron, to’ng’iz, qirg’ovul, o’rdak, g’oz va bosh.) muhofaza qilish uchun Qizilqum qo’riqxonasi tashkil etilgan.
Qizilqum okrugida qushlardan xo’jasavdogar, yilqichi, tentakqush, so’fito’rg’ay, yo’rg’a tuvaloq, qum chumchug’i kabilar uch­raydi.
Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga serob hudud hisoblanadi. Eng muhim boyligi mineral resurslari (oltin, uran, gaz, fos­forit, korund, grafit)dir. Bundan tashqari okrugda iqlim re­surslari, yaylov-o’tloqlari, yer osti suvlari, mo’yna beruvchi hayvonlari ham mavjud bo’lib, ular yurt boyligidir.
Qizilqum okrugi o’z navbatida L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) ning rayonlashtirish tizimi bo’yicha Sulton Uvays, Shimoliy Qizilqum, Bo’kantog`, Yetimtog’, Janubiy Qizilqum, Tomditog`, Quljuqtog’ kabi tabiiy-geografik rayonlarga bo’linadi. 3-jadval
Qizilqumning ba`zi meteorologik stansiyalarida yog`inning taqsimlanishi

Meteostansiya
Yillar

1993

1996

1997

2000

2002

2003

2006

2008

2009

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

yog`in
mm his.da

Buxoro

213,0

59,9

193,7

88,7

164,2

169,3

81,4

57,6

163,6

Oyoqog`itma

221,2

61,3

215,1

96,4

152,3

214,5

120,5

69,1

166,5

Qorako`l

196,7

69,7

160,9

89,4

181,0

187,6

96,7

60,6

162,6

Yakkatut

167,7

70,0

229,0

98,2

139,4

200,1

98,2

60,1

116,9




Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling