B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


SAJIYA (a. tug‘ma sifat, xususiyat; xulq, tabiat) Xarakter, fe’l-atvor. SANAMA


Download 387.41 Kb.
bet181/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SAJIYA (a. tug‘ma sifat, xususiyat; xulq, tabiat) Xarakter, fe’l-atvor.
SANAMA Keng tarqalgan o‘yinboshi badihalari bo‘lib, o‘yin boshlanishi oldidan navbatda turuvchini aniqlash, galda qoluvchini (“Yashinmachoq” o‘yinida toparmonni) belgilash vazifasini bajaradi. Sanamalardagi sanash ohangi, qo‘l yoki oyoq harakatlari bilan to‘ldirilib, tasdiqlanib turiladi. Onaboshi har bir so‘zni Yoki iborani sanoq ritmiga muvofiq shovqin solib ayta turib, har bir ritmik taktda qo‘lini navbatma-navbat o‘yin ishtirokchilari ko‘ksiga yo kiftiga tekkiza boradi, shu asosda sanoq ritmini bo‘rttirib ta’kidlaydi va qo‘li tekkan bola davradan chiqib turadi. Eng so‘nggi so‘z kimning chekiga tushsa, o‘sha navbatda (galda) qoladi.
Sanamalarda raqamlar shunchaki tilga olinmaydi, balki ular magik mohiyatga ega bo‘lib, sanama ritmik asosini tashkil qila turib, vaznni yuzaga keltiradi:
Bir, ikki, uch . . . . . o‘n olti . . . . . . .
O‘n olti deb kim aytdi?
O‘n olti deb men aytdim.
Ishonmasang, sanab boq:
Birov,Ikkov,Uchov. . . .Qoch-ov!
SARGUZASHT ADABIYOTI Haqiqatda yuz bergan yoki to‘qib chiqarilgan voqeaalarni qiziqarli tarzda hikoya qiluvchi voqeaband asarlarning umumiy nomi. Aslida sarguzasht deb boshdan kechirilgan, voqealarga aytiladi, biroq adabiy asardagi har qanday voqeani ham sarguzasht deyish mumkin emas. Sarguzasht asar­da favqulodda qiziq va g‘aroyib voqealar, o‘quvchini hayajonga soladigan tasvirlar, kechinmalar ko‘p bo‘ladi. Bunday asar kishini doim hayajonda ushlab turadi uni o‘qiganingizda bu yog‘i nima bo‘larkin deya qiziqishingiz ortib boradi. Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari», Daniel Defoning «Robinzon Kruzo», Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan» kabi kitoblari ana shunday asarlardandir. Ularda qahramonlar ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarni boshdan kechira­di, dahshatli to‘siqlarga duch keladi. Bunday asarlarda biroz mubolag‘a, biroz fantastik tasvir ustunlik qilgani tufayli ularni muxlislar boshdan oxir hayajon bilan o‘qiydi.O‘zbek adabiyotida ham qahramonlar hayoti sarguzashtli kechadigan asarlar anchagina. Jumladan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini sarguzasht asarning mukammal namunasi desa bo‘ladi. Unda Farhodning Axraman devni yengishi bilan bog‘liq voqealar, Yosuman kampir kirdikorlari haqiqiy sarguzasht asarga xos tarzda tasvirlangan.Keyingi davr adabiyotimizda yaratilgan asarlar, jumladan, Xudoyberdi To‘x­tabo­vev­ning “Sariq devni minib” romani ham sarguzasht usulida bitilgan asar hisob­lanadi. Unda 6-sinf o‘quvchisi Ho­shimjon Ro‘ziyevning qilmishlari juda qiziqarli voqealar asosida hikoya qilinadi. Xudoy­berdi To‘xtabovevning “Sariq devni minib” romanida fantastik va detektiv holat­lar uyg‘unlashgan tarzda ifoda etilgan. Garchi asarda real voqealar tasvirlanayotgan bo‘lsa-da, undagi fantastik, detektiv unsurlar romanni hayajon bilan o‘qilishini ta’minlaydi. Sarguzasht asarlar qiziqarli bo‘lishi, ajoyib-g‘aroyib voqealarga boy bo‘lishi tufayli kitobxon dunyoqarashini, fantaziyasini o‘stirishga xizmat qiladi.
SATIRA (lot. satira – qurama, har xil narsa) Komiklik turi, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Satiraning yumordan farqi shundaki, u o‘z obyektida ayrim nuqsonlar, tuzatsa bo‘ladigan kamchiliklarni emas, butunlay tanqid va inkor etiladigan mohi­yatni – jamiyat va uning taraqqiyoti uchun jiddiy zarar keltiradigan, xavfli illatlarni ko‘radi. Shunga ko‘ra tuzatishni emas, butunlay yo‘qotish maqsadini qo‘yadi. Satiradagi kulgi yumordagi kabi do‘stona, beg‘araz kulgi emas, balki fosh qiluvchi beshafqat kulgidir.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling