B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet182/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SAYOHATNOMA Adabiy janr, yo‘lchining safar davomida ko‘rgan-kechir­ganlari, o‘zga yurtlarning tabiati, ijtimoiy-maishiy turmushi, xalqi, urf-odatlari va boshqa shu kabi muallif mansub millat o‘quvchilari uchun qiziqarli va foydali bo‘li­shi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar beruvchi asar. Bunga misol qilib Muqimiyning “Sayohatnoma”, Cho‘lponning “Vayronalar orasidn”, J. Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, Fitratning “Sayyohi hindi” asarlarini ko‘rsatish mumkin.
SAYYOR SUJET Bir asardan ikkinchi asarga ko‘chib yuruvchi sujet. bir xalq ertagiga xos syujet motivlari boshqa bir xalq ertagiga ko‘chib o‘tishi va buning oqibatida bir necha o‘xshash syujetli ertak paydo bo‘lishi mumkin. Folklorshunoslikda bunday ertaklar- sayyor syujetli ertaklar deb yuritiladi. Sayyor syujetli ertaklar ko‘pincha mazmunan o‘zaro o‘xshashsalar-da, biroq milliy ruh, milliy urf odat, milliy dunyoqarash, milliy tilga xos ifodaviy vositalar va geografik muhit tasviriga ko‘ra farqlanuvchi mustaqil adabiy -og‘zaki hodisa sifatida yashash huquqiga ega.
SHE’R 1. Muayyan o‘lchov asosidagi ritmga ega nutq shakli, nazm.
2. She’riy yo‘lda yozilgan kichik hajmli asar, lirik she’r. Bu ma’noda she’r termini keng qo‘l­lanib, janridan qat’i nazar har qanday lirik asarni bildiradi va ularni she’riy yo‘lda yozilgan boshqa asarlar (doston, she’riy drama, she’riy roman va hokazo)dan farq­laydi.
SO‘QMA SO‘Z O‘zicha o‘ylab chiqarilgan, so‘qilgan, to‘qilgan, yasalgan; yasama. Bolalar nutqida o’zlarini o’rab olgan olamdan, «o’z imkoniyatlari darajasida idrok etilgan va yangilangan» tovushlardan so’z shaklida tovush birikmalari paydo bo’ladi. Ular hech qanaqa ma’noga ega bo’lmasa-da, ohangdorligi jihatidan bolalar qalbiga yaqindir, ularning olamga munosabatlarini ifodalovchi o’ziga xos vositalardir. SHu sababli shu shakldagi bunday tovush birikmalarini so’qma so’z tarzida nomlash an’anaga aylangan. So’qma so’z, aniqrog’i, so’z shaklidagi tovush birikmalari nomi bo’lib, har xil hodisalarni yopadi. Bolalar idrok etgan olamni tovushlar ohangdorligi silsilasida ifoda etadi. So’qma so‘zlar so‘qma sanamalar janrning takomillashgan turi sifatida bolalar poetik folklori arsenalini boyitdi va bugungi kunda ham faol ijod qilinmoqda:
Abadayni,
Shabadayni,
Shab-shabadayni.
Dumala qoq,
San chiqu boq!
STILIZATSIYA (yun. stylos – mumlangan taxtachaga yozish uchun ishlatilgan tayoqcha; uslub) Muayyan badiiy-estetik maqsadlarni ko‘zlab o‘zga bir ijodkor, davr, yo‘nalish va shu kabilarga xos uslubiy xususiyatlarni qayta tiklashga asoslan­gan usul. Yozma adabiyotda folklaorga xos uslubni qayta yaratish ham stilizatsiya­ning ancha keng tarqalgan ko‘rinishidir. o‘zbek bolalar she'riyati janr stilizatsiyasi asosida folklorning masal, latifa va boshqa janrlarida yaratilgan qator poetik shakllar hisobiga ham tobora boyimoqda. Bu jihatdan Sh.Sa’dullaning adabiy latifalari, Y.Qurbon, O.Qo‘chqorbekov, M.Xudoyqulov masallarini ta’kidlab ko‘rsatish mumkin. O‘zbek bolalar prozasining rivojlanishida ham folklorning ta’siri samarali bo‘ldi. G‘G‘ulomning "Shum bola", Sh.Sa’dullaning "Kachal polvon", P.Qodirovning "Najot" kabi salmoqli asarlarining paydo bo‘lishida xalq latifalari, qo‘g‘irchoq teatri repertuariga daxldor xalq dramasi va "Uch og‘ayni botirlar" ertagi syujetidan ijodiy foydalanish muhim rol o‘ynadi. Bunda ham janr, ham syujet, ham motiv, ham obraz stilizatsiyasi o‘zaro sintezlashgan holda namoyon bo‘lgan. Bolalar adabiy ertaklarida, adabiy topishmoq va she’riyatida ham folklor stilizatsiyasi salmoqli o‘ringa ega. Mas. D.Rajabning "Panshaxaning she’ri":
O‘ylab so‘yla,
Birodar,
Besh panja ham
Barobar.
To‘rtlik shaklidagi ushbu she’r "Besh panja barobar emas" maqoli asosida yaratilgan.
SUJET (fr. sujet < lot. subjectum – predmet, mazmun, mohiyat, narsa) Badiiy asarda, filmda voqea-hodisalar tasviri, bayonidagi izchillik va o‘zaro aloqa; badiiy asar mazmuni. Romanning syujeti.



Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling