B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet28/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FE’L MAYLI q. Mayl kategoriyasi.
FE’L NISBATI – q. Nisbat kategoriyasi.
FE’LLI SOʻZ BIRIKMALARI Hokim qismi fe’l bilan ifodalangan so‘z birikmalari: suv ichmoq, tez yurmoq, uydan chiqmoq.
FE’L ZAMONI q. Zamon kategoriyasi.
FE’L Harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada harakat juda keng tushuncha boʻlib, u yugurmoq, sakramoq, uxlamoq, yigʻlamoq, sevmoq, o‘ylamoq, tinchimoq, ko‘paymoq, qurimoq, sovimoq va shu kabi so‘zlar bildiradigan harakat- hodisalarni nazarda tutadi.
FE’L-KESIM Sodda gaplarda tuslanishli fe’l shakli bilan ifodalangan kesim: Sen hali ko‘p yashaysan. (X. Sultonov) Otlar o‘z-o‘zidan asta-sekin yurib ketdi. (A. Qahhor)
FE’LNING FUNKSIONAL SHAKLLARI Fe’lning ma’lum grammatik ma’no ifodalaydigan va ma’lum sintaktik vazifaga ega boʻlgan shakllari. Fe’lning asosiy funktsional shakllari quyidagilar: 1) sifatdosh (q.); 2) ravishdosh (q.); 3) harakat nomi (q.).
FE’LNING TUSLANISHSIZ SHAKLI Tuslanish tizimiga ega boʻlmagan, mayl, shaxs-son kabi ma’nolarni ifodalamaydigan fe’l shakli. Harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh kabilar fe’lning tuslanishsiz shakllari hisoblanadi: yozmoq, yozadigan, yozguncha kabi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling