B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet29/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FE’LNISH TUSLANISHLI SHAKLI Tuslanish tizimiga mansub boʻlgan, ya’ni mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarnni ifodalaydigan va gapda kesim vazi­fasida kela­digan fe’l shakli: yozyapman, yozyapsan, yozyapti, yozmoqchiman, yozmoqchisan, yozmoqchi; yozay, yoz, yozsin; yozsam, yozsang, yozsa kabi.
FIGURAL MA’NO Voqelik bilan bevosita bogʻlanmaydigan, narsa, belgi, hara­katning nomiga aylanmagan ma’no. Figural ma’no voqelik bilan nomlovchi ma’no orqali bogʻlanadi. Masalan, shira, til soʻzlarining quyidagi gaplardagi ma’nosi figural ma’no hisoblanadi: Ovozining shirasi qochgan, keksalik... (A. Muxtor.) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshi oʻrgangan (Oybek).
FILOLOGIK LUGʻATq. Lingvistik lugʻat.
FILOLOGIYA (yun. fileo – sevaman + 1ogos – soʻz, bilim). Biror xalqning til va adabiy ijodda oʻz ifodasini topgan madaniyatini oʻrganuvchi fanlar majmui: Antik filologiya. O‘zbek filologiyasi.
FLEKSIYA (lot. flexio – egish, burish; oʻzgarish) Bir necha grammatik ma’noni bir yoʻla ifodalaydigan shakl yasovchi morfema (rus tilshunosligida «окончание» deb yuritiladi). Masalan, rus tilidagi книга, книгу, книге, книгам so‘z shakllarini qiyoslang. O‘zakning morfologik oʻzgarishi. Ichki fleksiya deb ham ataluvchi bu hodisada soʻz oʻzagidagi fonemalarning almashinishi grammatik shakllarning hosil boʻlishiga, hatto soʻz yasalishiga xizmat qiladi. Masalan, arab tilidagi maktab, maktub, kitob, kotib soʻzlarini qiyoslang.
FLEKTIV TIL Grammatik ma’nolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadigan til. Flektiv tillarga hind-evropa va som tillari oilalari kiradi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling