B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet37/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

GLOTTOGONIK JARAYON Tilning paydo boʻlish va taraqqiyot jarayoni.
GRADATSIYA (lot. gradatio – bosqichma-bosqich kuchaytirish) Til birlik­larining biror belgisiga ko‘ra darajalanishi. Masalan, nam – ho‘l – shalabbo qatoridagi so‘zlarda “namlik” ma’nosi ortib boradi.
GRADUAL OPPOZITSIYA (lot. gradus – qadam, bosqich) – Q. Darajali oppo­zitsiya.
GRAFEMA (yun. graphe – shakl, surat) Yozuv birligi. Bunday birlik soʻzdagi, gapdagi oʻrniga koʻra, uslub va h. ga qarab, katta va kichik shakliga (A, a), qora va kursiv shakliga (a, a) ega va h.
GRAFIKA (yun. graphike – yozma). 1. Nutq tovushlarini yozib ifodalash vosita­larining muayyan tizimi: rus grafikasi, arab grafikasi.
2. Tilshunoslikning alifbodagi harflar tarkibini, shaklini, harf va nutq tovushlari orasidagi munosabatni belgilash bilan shug‘ullanuvchi amaliy sohasi.
GRAMMATIK ALOQAayn. Sintaktik aloqa.
GRAMMATIK FORMAq. Grammatik shakl.
GRAMMATIK KATEGORIYA Ikki yoki undan ortiq grammatik shakl bilan turli ko‘rinish va darajada ifodalanadigan umumlashgan ma’no yoki vazifa. Son kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi.
GRAMMATIK KESIMayn. Kesim. Qiyos. Logik kesim.
GRAMMATIK MA’NO Soʻzning o‘zak, negizi yoki shakliy qismi, gram­matik shakli ifoda­laydigan ma’no. Masalan, o‘qi so‘zi lug‘aviy ma’nodan tashqari buyruq, II shaxs, birlik, tasdiq kabi grammatik ma’nolarni, -lar qoʻshim­chasi otga xos koʻp­lik ma’nosini (doʻstlar, bogʻlar kabi), -yap qo‘shimchasi fe’lga xos hozirgi zamon ma’nosini (kelyapti, soʻrayapti kabi) ifodalaydi. Qiyos. Leksik ma’no.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling