B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet35/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

FUNKSIONAL KO‘CHIRISH Bir predmet nomini boshqa predmetga bajaradigan vazifasidagi oʻxshashlik asosida koʻchirish. Masalan, oʻq soʻzining zambarakning oʻq birikmasida ma’nosi funksional koʻchirish asosida hosil boʻl­gan.
FUNKSIOIAL USLUBLAR Tilning inson faoliyatining u yoki bu sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratiladigan uslublar.
FUNKSIONAL SEMANTIKA Soʻz semantikasining oʻzgarishini ular ang­lat­gan narsalarning bir xil vazifa bajarishi bilan izohlovchi nazariya. Masalan, rus. pero (qush pati) – pero (yozuv quroli).
FUNKSIONAL SOʻZLAR Yordamchi soʻzlar va modal soʻzlarning umumiy atamasi.
FUNKSIONAL USLUBSHUNOSLIK Uslubshunoslikning funksional uslub­larni oʻrganuvchi boʻlimi.

G
GAP BOʻLAKLARI Gap tarkibida ma’lum bir soʻroqqa javob boʻlib, ma’lum bir sintaktik vazifada keluvchi soʻz yoki soʻz birikmalari. Gap boʻlaklari gap tarki­bidagi roliga qarab, ikki asosiy turga boʻlinadi: 1) bosh boʻlaklar (q.), 2) ikkin­chi darajali boʻlaklar (q.).
GAP BOʻLAKLARINING TARTIBI Gap boʻlaklarining oʻzaro ma’lum gram­matik qonun-qoida asosida, ma’lum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bogʻliq holda joylashuvi. Gap boʻlaklari tartibining ikki turi bor: 1) toʻgʻri tartib (q.), 2) teskari tartib yoki inversiya (q.).
GAP Til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi. Gapning grammatik asosini predi­kativlik – zamon, mayl, tasdiq-inkor, shaxs-son kategoriyasi va xabar ohangi tashkil etadi. Oʻzbek tilida eng kichik gap birgina kesimdan iborat boʻladi: Oʻqi. Oʻqidi. Boryapsan. Talabaman.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling