B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet38/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

GRAMMATIK OMONIMIYA Grammatik birliklar orasidagi omonimiya. Q. Omomorfemalar.
GRAMMATIK QURILISH Tilga xos soʻz shakli, soʻz birikmasi va gap quri­lishi.
GRAMMATIK SHAKL Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositalari. Masalan, yozdiryapman fe’li tarkibida orttirma nisbat, hozirgi zamon, birinchi shaxs birlik ma’nosini ifodalovchi shakllar qatnashgan. Grammatik shakl so‘zning o‘zak, negizi, qo‘shimchalar yordamida yoki yordamchi soʻzlar vositasida hosil qilinadi. Shunga koʻra grammatik shaklning uch turi oʻzaro farqlanadi: 1) tub shakl (q.), 2) sintetik shakl (q.); 3) analitik shakl.
GRAMMATIK SONayn. Son kategoriyasi.
GRAMMATIK USLUBIYAT Soʻz turkumlari va ularga xos shakllarning ta’­sir­chanlik xususiyatlari, sintaktik tuzilmalarning uslubiy imkoniyatlari, shuningdek, nutqda grammatik vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tanlash va qoʻllash haqi­dagi ta’limot.
GRAMMATIK EGAayn. Ega. Qiyos. Logik ega.
GRAMMATIKA (yun. grammatike – harf oʻqish va yozish san’ati). 1. Til­shunoslikning soʻz shakllari (shakl yasalishi), soʻz birikmasining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi boʻlimi.
2. ayn. Grammatik qurilish: o‘zbek tili leksikologiyasi va grammatikasi.
3. So‘z shakllari, ularning so‘z birikmasi va gapda o‘zaro bog‘lanishi haqidagi qoidalar majmui: o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish.
GRAMMATIK ANTONIMIYA Grammatik birliklarning oʻzaro antonim boʻlishi, antonimik munosabati.
GRAMMATIK SINONIMIYA Grammatik birliklarnnng |(soʻz shakli, soʻz birikmasi yoki gaplarning) oʻzaro sinonim boʻlishi. Masalan, quyidagi hozirgi zamon shakllari o‘zaro sinonim: boryapti, bormoqda, borayotir.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling