B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


HOZIRGI ZAMON FE’LINING ANALITIK SHAKLI


Download 387.41 Kb.
bet41/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

HOZIRGI ZAMON FE’LINING ANALITIK SHAKLI Hozirgi zamon fe’li­ning yot, tur, yur, oʻtir koʻmakchi fe’llari yordamida yasaluvchi shakli. Bu shakl shu fe’llarning -(i)b qo‘shimchali ravishdosh shaklini shaxs-son bilan tuslash va ayni shu shakldagi yetakchi fe’lga qoʻshish orqali hosil qilinadi: ishlab yotibman, ishlab yuribman, ishlab turibman, ishlab oʻtiribman kabi. Bu toʻrt koʻmakchi fe’l yorda­mida yasaluvchi shaklning har biri davomlilik, takroriylik va sh. k. qoʻshimcha ma’nolari bilan bir-biridan farqlanadi: Nima-nima, nimchorak choy bir miri-ku, sen choy ichasanmi, ana, suv ariqda oqib yotibdi. (G‘. G‘ulom) Tepadan oftob urib turibdi. (S. Ah­mad) Koʻk gumbaziga xuddi nayzaday sanchilgan shimol tomondagi togʻ choʻqqisi ustida bir parcha bulut suzib yuribdi. (S. Anorboyev) Hali kelishgani yoʻq, oʻzim ham xavotir boʻlib oʻtiribman. (A. Qahhor) Qiyos. Hozirgi zamon fe’li­ning sintetik shakli.
HOZIRGI ZAMON FE’LINING SINTETIK SHAKLI Hozirgi zamon fe’li­ning -yap, -yotib, -yotir, -moqda qo‘shimchalari yordamida yasaluvchi shakli: kelyapti, ishlayotibdi, ishlayotir, aylanmoqda kabi: Onasi tandir oldida qo‘liga yengcha kiyib, loladek qip-qizil kulcha betiga suv sepyapti. (S. Ahmad) Bugun qishloqlarimizga sanoat kirib bormoqda. (S. Barnoyev) Qip-qizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham qizilga bo‘yab botayotir. (M. Mahmudov) Ana, cho‘pon yigit yashil maysazorga yonboshlab, qamish sivizg‘asini chalayotibdi. (H. G‘ulom)
HOZIRGI ZAMON FE’LLARI Harakatning nutq paytida bajarilishda davom etayotganini, tugamaganligini bildiruvchi fe’l, fe’lning shunday ma’noli shakllari. Hozirgi oʻzbek ti- lida hozirgi zamon fe’lining yasalish usuliga. koʻra ikki turi bor: 1) sintetik shakl: oʻqiyapti, kelmoqda kabi; 2) analitik shakl: oʻqib yuribdi, kelib turibdi kabi.
HOZIRGI ZAMON Harakatning putq paytida bajarilishi, davom etishi. Shun­­day harakatni bildiruvchi fe’l «hozirgi zamon fe’li», «hozirgi zamon shakli» deyiladi.
HOZIRGI-KELASI ZAMON ANIQLIK FE’LI Nutqiy matnga koʻra harakat­ning hozirgi zamon yoki kelasi zamonga oidligini aniq tarzda ifodalovchi fe’l shakli. Bu shakl -a, -y qo‘shimchali ravishdoshni shaxs-son bilan tuslash orqali hosil qilinadi: keladi, ishlaydi kabi. Bu shakl hozirgi va kelasi zamon ma’nosiga betaraf bo‘lib, gapda qulay vosita yordamida ulardan birini ifodalaydi: Ko‘m-ko‘k palaklar ichida sarg‘ayib qovunlar ko‘rinadi. (hozirgi zamon) (Sh. Sa’dulla) O‘qishlar ham tugadi. Karim ertaga buvasi bilan tog‘ga jo‘naydi. (kelasi zamon) (S. Anor­boyev)
HOZIRGI-KELASI ZAMON FE’LI Matnga koʻra harakatning hozirgi zamon­da yoki kelasi zamonda bajarilishini ifodalaydigan fe’l shakli. O‘zbek tilida hozirgi-kelasi zamon fe’lining ikki turi bor: 1) hozirgi-kelasi zamon aniqlik fe’li (q.); 2) hozirgi-kelasi zamon gumon fe’li (q.);

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling