B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet49/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

IZOFALY BIRIKMA Izofa vositalari yordamida hosil boʻlgan birikma: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi.
IZOHLANMISH Birikmaning izohlovchi (q.) tobe boʻlgan qismi: professor Hamid Ne’matov.
IZOHLI LUGʻAT Lugʻaviy birlikning ma’nosi (ma’nolari) keng izohla­nadigan, grammatik, uslubiy va b. belgilari ham qayd etiladigan lugʻat. Masalan, 2006 – 2008-yillarda nashr etilgan ikki jildli «O‘zbek tilining izohli lugʻati».
IZOHLOVCHI Izohlanmish shaxsning millati, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi qarindoshligi, jinsi va boshqa qo‘shimcha belgilarini tavsiflovchi bo‘lak:
1) unvon, amal: Dotsent Murodov so‘zladi. Anjumanda dекан Qosimov ham qatnashdi.
2) mashg‘ulot, kasb: Suvoqchi Shukur, paxsakash Asror va duradgor Fayzul­lalar yetib kelishdi.
3) yosh, jins, qarindoshlik: O‘sha kuni Gulchehra xola bilan G‘afur amaki foydali nasihatlar qildilar.
4) laqab: Jalil sovuq, Juman pismiqlarning askiyasini eshitdik.
5) taxallus: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek yirik nasriy asarlar muallifldir.

J


JAMLOVCHI OT Bir xil mavjudotning toʻdasini, jamini bildiruvchi otlar: xalq, to‘da, poda, armiya kabi.
JAMLOVCHI SON Mavjudot miqdorini jamlash yoʻli bilan bildiruvchi son: uchov, toʻrtala kabi.
JARANGLI UNDOSHLAR Shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlar. Masalan, b, v, g, z undoshlari.
JARANGLILIK Un (tovush) paychalarining tebranishidan yuzaga keluvchi ton.
JARANGSIZ UNDOSHLAR Tarkibi shovqinning oʻzidan iborat boʻlgan undoshlar: p, f, k, sh, s, t kabi.
JARANGSIZLIK Un (tovush) paychalarining tebranmasligi, tonning yoʻqligi.
JARGON (fran. jargon) Biror guruh vakillarining, oʻz nutqi bilan koʻpchilikdan ajralib turish maqsadida, oʻzicha mazmun berib ishlatadigan soʻz va iboralari. Masa­lan, novcha (aroq), qizil (vino) – ichuvchilar nutqiga xos; togʻamning oʻgʻli (militsioner, inspektor) – shofyorlar nutqida.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling