B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet57/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

KOORDINATSIYA (lot. co (cum) – birga, birgalikda + ordinata – tartiblashish). Ikki tarkibli gaplarda kishilik olmoshi bplan ifodalangan ega va kesimning oʻzaro semantik-grammatik muvofiqlashuvi. Masalan, oʻzbek tilida bunday ega va kesim koordinatsiyasi shaxs va sonda koʻrinadi: men bordim, sen bording; biz boramiz, siz borasiz kabi.
KRIPTOGRAFIYA (yun. kriptos – maxfiy, yashirin + grapho – yozaman). Maxfiy xat turlaridan biri (shifr qoʻllashga asoslangan yozuv turi).
KRIPTOLOGIYA Maxfiy tillar, ularni tuzish qonuniyatlarini, oʻqib tushun­tirib berish usullarini oʻrganuvchi fan.
KUCHAYTIRMA SHAKL Belgining me’yoridan oʻta kuchli ekanini ifoda­lovchi shakl. O‘zbek tilida kuchaytirma shakl maxsus model asosida hosil qilinadi: qip-qizil, sap-sariq, dum- dumaloq kabi.
KUCHAYTIRUV VA TA’KID YUKLAMALARI O‘zi aloqador boʻlgan gap boʻlagi ma’nosiga diqqatni tortish uchun, uni kuchaytirish uchun qoʻllanadigan yuklamalar: ham, axir, -ku, -oq kabilar: Erkacholning kimligini ham, u kishi menga bobo bo‘lishini ham bilishmaydi, deb o‘ylayman. Axir u zotning olamdan o‘tganiga necha-necha yillar bo‘ldi-ku(X. To‘xtaboyev)
KUCHLI POZITSIYA Fonemaning oʻz farqlash vazifasini bajarishi uchun qulay pozitsiya. Bu pozitsiya maksimal differentsiatsiya pozitsiyasi deb ham yuri­tiladi. Masalan, dor va tor soʻzlarining boshidagi undosh kuchli pozit­siyadadir.
KUCHSIZ POZITSIYA Fonemaning oʻz farqlash vazifasini bajarishi uchun noqulay pozitsiya. Bu pozitsiya minimal differentsiatsiya pozitsiyasi deb ham yuritiladi. Masalan, rizq soʻzidagi z undoshi kuchsiz pozitsiyada, uni s undoshidan farqlash qiyin.
KO‘MAKCHILAR Ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi munosabatlarni bildiruvchi yordamchi soʻzlar: bilan, uchun, singari, sayin, qadar va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling