B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet56/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

KONNOTATIV MA’NO Denotativ ma’noga qoʻshimcha ravishda eks­pressiv, uslubiy munosabat kabilarni ifodalovchi ma’no (ottenka); denotativ ma’­no ajratil­gandan keyin hosil boʻladigan ayirmaga teng ma’no. Masalan, osmon va samo so‘zlarini qiyoslasak, samo so‘zida “osmon” tushunchasidan tashqari “badiiy uslub­ga xos” degan ma’no bor. Ana shu konnotativ ma’nodir.
KONSONANT Boʻgʻin hosil qilmaydigan tovush, undosh.
KONSONANTIZM (lot. consonant, consonantiz – undosh tovush) Undoshlar tizimi.
KONSTRUKTSIYA (lot. constransio – tuzilish) – q. Tuzilma.
KONTAKT ASSIMILATSIYAq. Yondosh assimilatsiya.
KONTAKT DISSIMILATSIYAq. Yondosh dissimilatsiya.
KONTAKT HOLAT (lot. contaktiz – tutashish) – q. Yondosh holat.
KONTEKST (lot. sontextiz – yaqin aloqa, birikish, qoʻshilish) Til birligining nutqdagi qurshovi. Masalan, nutq tovushi ucun uning o‘ng va chap tomonidan kelgan tovushlar kontekstni hosil qiladi. So‘z uchun so‘z birikmasi yoki gap kon­tekst vazifasini bajaradi. Gap uchun esa abzas yoki butun boshli matn kotekst bo‘lib kelishi mumkin.
KONTEKSTUAL MA’NOq. Matniy ma’no.
KONTEKSTUAL SINONIMLARq. Matniy sinonimlar.
KONVERSIYA (lot. conversia – aylanish, oʻzgarish) Soʻzning fonetik va morfologik jihatdan oʻzgarmay, bir soʻz turkumidan boshqa bir soʻz turkumiga oʻti­shi, shu yoʻl bilan yangi soʻz hosil boʻlishi. Misol uchun boshqa turkumdagi so‘zning otga ko‘chishi: 1) rang­tus, maza­ta’m va holat bildiruvchi sifat: ko‘k (osmon, nasha, dollar), achchiq­chuchuk; 2) ta’ziya va to‘y marosimi bilan bog‘langan son: uch, yetti, yigirma, qirq, to‘qqiz­to‘qqiz; 3) o‘zak holidagi fе’l: kurash, yel, kеngash, shish, yuq, ich, ko‘ch.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling