KAMMAHSULLIK Kam miqdorda soʻz yasash xususiyati.
L
LEKSIK SOʻZ Leksikologiyaning obyekti sifatidagi soʻz.
LEKSIK USLUBIYAT Turli leksik qatlamlarning uslubiy imkoniyat va xususiyatlari, soʻzlarning funksional-uslubiy, emotsional-ekspressiv boʻyogʻi, shuningdek, nutqda leksik vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tanlash va qoʻllash haqidagi ta’limot.
LEKSIK O‘ZLASHMALAR – q. O‘zlashma soʻzlar.
LEKSIK SINONIMLAR – q. Sinonimlar.
LINGVISTIK IQTISOD Nutqiy aloqa jarayonida kam kuch sarf etishga, til birliklarini, birinchi navbatda, fonetik jihatdan oʻzgartishga, qisqartishga intilish. Bu hodisa til tizimining barcha sohalarida (fonetika, soʻz yasalishi, sintaksis va b.) uchraydi. Masalan, fonetikada: soʻz boshida undoshning tushishi (yoʻqolishi): uzum; soʻz oxirida jaranglining jarangsizlashuvi: kitop va b.; morfologiyada: bora olaman shaklining borolaman shakliga, olib bor shaklining obor shakliga kelishi va h.
LINGVISTIK TAHLIL Til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni, vazifasi va b. xususiyatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etish, shu nuqtayi nazardan til birliklarining aniq holatini belgilash. Lingvistik tahlilning quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil, 2) frazeologik tahlil, 3) semasiologik tahlil, 4) fonetik tahlil, 5) imloviy tahlil, 6) orfoepik tahlil, 7) morfem tahlil, 8) so‘z yasalish tahlili, 9) morfologik tahlil, 10) sintaktik tahlil, 11) uslubiy tahlil, 12) etimologik tahlil.
LINGVISTIKA (fran. linguistiquie<; lot. lingua – til) – ayn. Tilshunoslik.
LINGVISTIK LUGʻAT Lugʻaviy birliklarning ma’nosi, qoʻllanishi va boshqa lingvistik xususiyatlari talqin etiladigan lugʻat. Masalan, izohli lugʻatlar, imlo lugʻatlari, tarjima lugʻatlari lingvistik lugʻatlardir.
LITOTA (yup. litotes – oddiylik). Narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib tasvirlash. Masalan, koʻp soʻzi oʻrnida kam emas, yaxshi soʻzi oʻrnida yomon emas shaklining qoʻllanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |