MORFOLOGIK ME’YOR Soʻz shakllaridan hozirgi adabiy til qonun-qoidalariga mos holda foydalanishni belgilovchi me’yor. Masalan, hozirgi adabiy til nuqtayi nazaridan oladi, oʻrganadi, ishlaydigan shakllarining qoʻllanishi – me’yoriy, ammo olgusi, oʻrgangusi, oʻrganajak, ishlayajak tarzida ishlatilganda, me’yor buziladi (ular arxaik va dialektal shakllardir).
MORFOLOGIK SOʻZ YASALISHI – q. Soʻz yasalishining morfologik usuli.
MORFOLOGIK SOʻZ Morfologiyaiing obyekti sifatidagi soʻz.
MORFOLOGIK TAHLIL Soʻzlarning umumkategorial ma’nolarga koʻra (soʻz turkumlari nuqtayi nazaridan) turlarini, soʻzning morfologik tuzilishini, bu tuzilishdagi qismlarning xususiyatlarini (turlari, ma’no va vazifalarini) belgilash.
MORFOLOGIK QAYTA BO‘LINISH Soʻz morfologik tarkibidagi dastlabki boʻlinish chegarasining oʻzgarishi. Masalan, uniki soʻzi aslida u(l) olmoshi, -ning qaratqich kelishigi koʻrsatkichi va tegishlilikii ifodalovchi -ki qo‘shimchasidan iborat boʻlgan. Hozirda esa u ikki komponentdan iborat: u-niki.
MORFOLOGIYA (yun. morphe – shakl, logos – ta’limot) 1. So‘zning grammatik shakli va grammatik ma’nosini o‘rganuvchi o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Morfologiya sintaksis bilan birgalikda grammatikani tashkil qiladi. O‘zbek tili leksikologiyasi va morfologiyasi.
MORFONOLOGIYA (yun. morphe – shakl+ phone – tovush + 1ogos– ta’limot) Tilshunoslikning morfologiya bilan fonetikaning aloqalarini oʻrganuvchi boʻlimi; morfemalarning fonologik tuzilishini hamda morfemalarning qoʻshilishi natijasida uning tuzilishida yuz beradigan tovush oʻzgarishlarini o‘rganuvchi soha.
MOSLASHUV ALOQASI Tobe aloqaning bir turi boʻlib, bunda tobe soʻz oʻz shaklini hokim soʻzning shakliga moslaydi, shu tarzda hokim soʻzga bogʻlanadi, hokim soʻzning shakli oʻzgarishi bilan, tobe soʻz ham unga mos holda shaklini oʻzgartiradi. O‘zbek tilida moslashuv asosan qaratqich-qaralmish va ega-kesim aloqasida koʻrinadi: men aytyapman, sen aytyapsan, u aytyapti; mening iltimosim, sening iltimosing kabi.
MUALLIF GAPI Koʻchirma gapli tuzilmalarda muallifning oʻzi aytgan (koʻchirma gapdan tashqari) gap: “Illo, bu bebaqo dunyoda faqat haq so‘z boqiy qolur”, – dedi Bobur Mirzo. (X. Sultonov) Yormat Yo‘lchiga buyurdi: “Hov yigit, kechagi chopiqni bitirib qo‘ying!” (Oybek)
MUQOBIL BIRLIK Bir nutq birligiga xos ma’noni ifodalay oladigan, unga xos vazifani bajara oladigan boshqa nutq birligi. Masalan, ogʻzi qulogʻida, ilonning yogʻini yalagan frazeologizmlari xursand, ayyor soʻzlarining muqobillaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |