MURAKKAB KESIM Birdan ortiq mustaqil soʻz bilan ifodalangan kesim: Ayozli kunlar birin-kеtin o‘tib borayotir.
Murakkab kеsim tarkibidagi ikkinchi so‘z ko‘makchi fе’l, bog‘lama, nisbiy so‘z bo‘lishi ham mumkin.
Murakkab kеsimga misol:
a) birikmali: Bu kun biz uchun og‘ir kun; O‘zbеkiston – kеlajagi buyuk davlat;
b) to‘liqsiz fе’lli so‘z: Anjir kulchaday yirik va holvatarday yumshoq edi;
d) ko‘makchili so‘z: Hammasi sеn uchun, dilovar uchun;
e) bog‘lamali: Bunday odamlarni nodon hisoblashadi;
f) ko‘makchi fе’lli:Hamma ham xalqiga xizmat qilgisi kеladi.
MUSIQIY URGʻU Tovush kuchi va balandligi emas, balki ton balandligi oʻzgarishi bilan xarakterlanuvchi urgʻu. Masalan, xitoy, yapon, koreys tillarida leksik urgʻu shunday.
MUSTAQIL BO‘LMAGAN SOʻZ TURKUMLARI Mustaqil soʻz turkumlaridai boshqa soʻz turkumlarining – yordamchi soʻz, undov, taqlid soʻz va modal soʻzlarning umumlashma nomi.
MUSTAQIL GAP Grammatik jihatdan boshqa gap bilan bogʻlanmagan, kommunikativ jihatdan tugallikka ega boʻlgan gap: Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom)
MUSTAQIL MA’NOLI SOʻZLAR – ayn. Mustaqil soʻzlar.
MUSTAQIL MA’NOSIZ SOʻZLAR – ayn. Yordamchi soʻzlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |