MURAKKAB GAP Tarkibida undalma, kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma ishtirok etgan sodda gap: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. Ular, nazarimda, kеtishdi. U yog‘ini so‘rasang, aytaymi, mеn bunga rozi emasman. Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoklikni yomon ko‘rar edi) ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi.
MURAKKAB SINTAKTIK BUTUNLIK Fikran, ayni vaqtda leksik, grammatik va boshqa til vositalari yordamida oʻzaro bogʻlangan mustaqil gaplar guruhi: Mеn ko‘chada do‘stimni uchratib qoldim. Biz u bilan birga dars tayyorlashga kеlishib oldik. Do‘stim ham matеmatika va ona tilidan sal qiynaladi. Bir abzas (xat boshi) tarkibidagi mustaqil gaplar murakkab sintaktik butunlikni tashkil etadi.
MURAKKAB SON Koʻpaytma son va qoʻshilma songa (qoʻshilma son va koʻpaytma songa) xos bogʻlanishli sonlardan tuzilgan sonlar: ikki yuz besh (2x100+5), ikki yuz besh ming (2 x 100 + 5x1000), oʻn besh ming olti yuz qirq (10 + 5x1000+6X100+40) va b.
MURAKKAB SOʻZ BIRIKMASI Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq soʻz bilan ifodalangan birikma: musaffo tog‘ suvi, o‘rikning gullagan shoxlari.
MURAKKABLASHGAN GAP – q. Murakkab gap.
MURAKKAB BOʻLAK Birdan ortiq lugʻaviy birlik (mustaqil soʻz yoki turgʻun soʻz birikmasi) bilav ifodalangan gap boʻlagi. Murakkab boʻlak sodda yoki murakkab soʻz birikmasi yoki boshqa turdagi sintaktik birliklar, masalan, oʻramlar bilan ifodalanishi mumkin: Dehqon/kelasi kuzda oladigan hosilning gamini/shu kuzdan/koʻradi.(M. Ismoiliy) Toʻrt tomoni baland uy-ayvonlar bilan oʻralgan hovlida /nafas/ boʻgʻila boshladi (Oybek). Yana kasalxonaga borishi kerakligini/oʻylab/ harakatida sustlik yoʻqoldi (S. Anorboyev).
Do'stlaringiz bilan baham: |