B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


OMONIMIKA Tilshunoslikning omonimlarni oʻrganuvchi boʻlimi. ONA TILI


Download 387.41 Kb.
bet76/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

OMONIMIKA Tilshunoslikning omonimlarni oʻrganuvchi boʻlimi.
ONA TILI 1.Har bir xalqning, elatning, millatning o‘z tili.
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til —
Ona tilim. (Mirtemir)
2. Maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtida o‘qitiladigan, ona tilining adabiy me’­yor­lari, leksik va grammatik imkoniyatlarini o‘rgatuvchi o‘quv predmeti. Bugun ona tili darsi bo‘ladi.
ONOMASIOLOGIYA Leksikologiyaning lugʻaviy birliklarini nomlash va tu­shun­cha anglatish tamoyillari va qonuniyatlarini oʻrganuvchi boʻlimi.
ONOMASTIKA (yun. onomoztika – nom qoʻyish san’ati) 1. Tilshunos­likning atoqli otlarni o‘rganuvchi bo‘limi.
2. Atoqli otlar majmui.
OPPOZITSIYA (lot. opposito – qarama-qarshi qoʻyish) Ikki yoki undan ortiq bir turdagi til hodisalarini qarama-qarshi qoʻyish, qarama-qarshilik holati. Masalan, jarangli va jarangsizlar oppozitsiyasi.
ORFOEPIK LUGʻATq. Talaffuz lugʻati.
ORFOEPIK NORMAq. Talaffuz me’yori.
ORFOEPIK TAHLIL Soʻz fonetik qurilishining talaffuz nuqtayi nazaridan tah­­lili.
ORFOEPIYA (yun. orthoz – toʻgʻri + epoz – nutq). 1. Tilshunoslikning me’yoriy adabiy talaffuzni oʻrganuvchi boʻlimi.
2. Biror tilda qabul qilingan talaffuz me’yorlariga mos holda bir xil talaf­fuzni belgilovchi qoidalar tizimi.
ORFOGRAFIK TAHLIL ayn. Imloviy tahlil.
ORFOGRAFIYA (yun. orthoz – toʻgʻri + grapho – yozaman)ayn. Imlo.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling