B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet78/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

OT KO‘MAKCHILAR Fe’l boʻlmagan soʻzdan kelib chiqqai (kelib chiqayot­gan) koʻmakchilar: tomon, tashqari, keyin, old, ich, yon, ora va b.
OTLI SOʻZ BIRIKMALARI Hokim komponenti fe’ldan boshqa turkum­ga oid soʻz bilan ifodalangan soʻz birikmalari: yuk mashinasi, barcha oʻqituvchilar, goʻzal qshiloq va b.
OT Mavjudot ma’nosini bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muay­yan soʻz. Mavjudot grammatikada juda keng tushuncha boʻlib, kishi (odam, inson), narsa (paxta, suv), hodisa (toʻpolon, kurash), tuyg‘u (muhabbat, alam) va shu kabi­larni oʻz ichiga oladi. Otlar ma’no jihatdan va ifodalaydigan tushunchaning xususi­ya­tiga koʻra atoqli ot (q.) va turdosh ot (q.); aniq ot (q.) va mavhum ot (q.); yakka ot va jamlovchi ot (q.) kabi turlarga boʻlinadi.
OTLASHISH Boshqa turkumga oid soʻzlarning otga koʻchishi: Yax­shilar ko‘paysin, yomon qolmasin. Birni kessang, o‘nni ek.
OT KESIM Fe’ldan boshqa soʻz turkumlari, shuningdek, harakat nomi va otlashgan oifatdosh shakllari orqali ifodalangan kesim: Iso bobo shu qishloqda imorat ustasi. Bu kishi akam bo‘ladi. O‘rik shirin. Maqsadim shu. Bilimning asosi – o‘qish.
OVOZ Tovush paychalarining titrashi bilan bog‘liq holda ogʻiz boʻsh­ligʻida hosil boʻladigan tovush.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling