ORFOGRAFIYANING AN’ANAVIY TAMOYILI – ayn. Imloning an’anaviy tamoyili.
ORFOGRAFIYANING FONEMATIK TAMOYILI – ayn. Imloning fonematik tamoyili.
ORFOGRAFIYANING FONETIK TAMOYILI – ayn. Imloning fonetik tamoyili.
ORFOGRAFIYANING MORFOLOGIK TAMOYILI – ayn. Imloning morfologik tamoyili.
ORFOGRAFIYANING TARIXIY TAMOYILI – ayn. Orfografiyaning an’anaviy tamoyili.
ORFOGRAMMA (yun. orthoz – toʻgʻri gramma – yozuv) So‘zlarning imlo qoidalariga mos holda va bir nechta variantdan tanlangan shaklda yozilishi. Masalan, omad so‘zi ikki xil yozilishi mumkin: omad – omat. O‘zbek orfografiyasida omad shakli orfogramma tarzida qabul qilingan
ORQA QATOR UNDOSHLARI – ayn. Til orqa undoshlari.
ORQA QATOR UNLILARI – ayn. Til orqa unlilari.
ORQA TANGLAY UNDOSHLARI Til orqa qismining yumshoq tanglay tomon koʻtarilishi natijaeida hosil boʻluvchi undoshlar. Masalan, x, gʻ va b.
ORTIQCHALIK Nutqda bir-biriga yaqin ma’noli yoki deyarli bir xil ma’noli birliklarning (ortiqcha holatda) qoʻllanishi, bir informatsiyaning birdan ortiq vosita (birlik) bilan ifodalanishi: Ular bilan 12 yoshlar chamasidagi qizcha ham bor edi. («O‘zbekiston madaniyati») Bu misolda chamasi soʻzi ortiqcha qoʻllangan. Chunki yoshlar soʻzidagi -lar qoʻshimchasining oʻzi chama (taxmin)ni ifodalaydi (12 yoshlardagi). Muzeyda kulolchilar tomonidan yaratilgan noyob buyumlar boʻlimida ham rus va Gʻarbiy Yevropa zavodlari tayyorlagan mingga yaqin buyumlar bor («Toshkent oqshomi»). Kulolchilar soʻzidagi -chi qo‘shimchasi ortiqcha, chunki kulol soʻzining oʻzi kasb egasini bildiradi. Shuningdek buyumlar so‘zidagi -lar qo‘shimchasi ham ortiqcha. Chunki mingga yaqin so‘z birikmasi ko‘plikni ifodalaydi.
ORTTIRMA DARAJA Belgining me’yordan ortiq darajasi va shu ma’noni ifodalovchi shakl (sifatlarga xos ma’no va shakl). O‘zbek tilida bu ma’no juda, oʻta kabi soʻzlar yordamida ifodalanadi: juda xursand, oʻta aqlli, gʻirt yolgʻon kabi.
ORTTIRMA NISBAT Obyektsiz fe’lni obyektli fe’lga aylantiruvchi, obyektli fe’ldan yasalganda esa unga yana obyekt qoʻshilganini bildiruvchi fe’l shakli, fe’l nisbatining shunday turi. Bu shakl -dir, -ir, -t kabi qo‘shimchalar bilan yasaladi: kuldir, ichir, oʻqit kabi.
OT BOSHQARUVI Hokim komponenti fe’ldan boshqa (ot, sifat, ravish kabi) turkumga oid soʻz bilan ifodalanadigan boshqaruv aloqasi: yurtga sadoqat, va’daga vafo, mansabga magʻrur.
Do'stlaringiz bilan baham: |