B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


PAYT HOLI Ish-harakatning roʻy berish vaqtini bildiruvchi hol: Vaqt xuftondan o‘tgandan keyin


Download 387.41 Kb.
bet80/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

PAYT HOLI Ish-harakatning roʻy berish vaqtini bildiruvchi hol: Vaqt xuftondan o‘tgandan keyin Umurzoq ota o‘zini ancha bardam his eta boshladi. (D. Nuriy) Zarqishloqda har kuni bir yangilik, har kuni bir mo‘jiza yuz berardi. (S. Ahmad)
PAYT RAVISHI Ish-harakatning bajarilish paytini bildiruvchi ravish: ilgari, hozir, keyin kabi: Erta-indin bu yerlar ham chamandek yashnaydi. (S. Rahma­tullayev) Osmonning kunchiqish qismi endi oqara boshlagan, lekin hatto barvaqt turadigan qishloq ahli ham hali uyquda. (O.Yoqubov)
PERIOD (yun. periodos – aylanish, doira, doira hosil qilish) Ikkidan ortiq predikativ tuzilmadan iborat boʻlgan, qismlari mazmun, tuzilish va ohang jihatdan oʻzaro garmonik bogʻlangan oʻta yopiq sintaktik butunlik: Men omad soʻziga ishon­mayman, lekin omad kelishi rost boʻlsa, shu safar me­ning omadim yurishgan ekan. (O. Yoqubov)
PLEONAZM (yun. pleonasmos – ortiqchalik) – q. Ortiqchalik.
POETIK LEKSIKA Poeziya tiliga xos leksika. Poetik leksika (badiiy nutqni mustasno qilganda) boshqa nutq turlarida qoʻllanmaydigan yoki juda kam miqdorda uchraydigan sof poetik soʻzlar, poetik soʻz shakllar, poetik qisqartmalar, poetik neologizmlar, okkazionalizmlarni qamrab oladi: viqor, bo‘sa, bahoriy, lolagun, visol, firoq, bunchalar, shunchalar va b.
POLISEMIYA (yun. poli – koʻp + sema – belgi) – q. Koʻp ma’nolilik.
POMETA (rus. – belgi, alomat) Lugʻat maqolalarida soʻzning lugʻaviy, gram­matik, uslubiy xususiyatlarini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan qisqartmalar. Masa­lan, s. t. (soʻzlashuv tili), esk. (eskirgan) va b.
PORTLASH Jinslashgan faol va nofaol nutq a’zolarining havo oqimi bosimi ta’sirida oniy yorilishi (ochilishi).
PORTLOVCHI UNDOSH Nutq a’zolarining jipslashuvi va havo oqi­mi bosimi­ning shu a’zolarni yorib oʻtishi natijasida hosil boʻladigan un­dosh. Masalan, p, b, t, d, k, g va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling