REDUKSIYALANGAN UNLI Reduksiyaga uchragan unli; juda aniq artikulatsiyaga ega boʻlmagan, choʻziqlik, miqdor va sifat nuqtayi nazaridan kuchsizlangan (pasaygan) unli. Masalan, necha soʻroq olmoshi oxiridagi a bir qator shevalarda qisqa i (’) tarzida talaffuz etiladi: nechch’ kabi.
REFERENT (lot. referentio – xabar beruvchi) Til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti.
REGRESSIV ASSIMILATSIYA Keyingi tovush ta’siri bilan oldingi tovush oʻzgarib, u bilan oʻxshashlik kasb etishi: tussiz (tuzsiz), yigichcha (yigitcha) kabi.
REMA Gapning aktual boʻlinishida temadan keyin yangi xabarni bildiradigan qism: Onasi yana allanimalar dedi. (O‘. Hoshimov) Yer sathi – to‘piq bo‘yi maysazor. (U. Nazarov)
REPLIKA (fran. replique) Dialogik nutqda har bir suhbatdoshning gapi.
RITORIK SOʻROQ GAP O‘zida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan soʻroq gap: Hoy, aylanay o‘g‘rigina bolam, boshimda shunday musibat turgan-da ko‘zimga uyqu keladimi? (G‘. G‘ulom) Hissiz qalblarga borliq va go‘zallik ruhi qanday singishi mumkin? (I. Haqqul)
RITORIKA (yun. rhetorike) Notiqlik san’ati nazariyasi va notiqlik san’ati haqidagi fan.
S
SO‘Z YASOVCHI FORMANT Yangi soʻz hosil qiluvchi birlik, soʻz yasalishi birligi. Formant qo‘shimcha, affiksoid yoki yordamchi soʻzga teng boʻlishi mumkin: ishchi (-chi – qo‘shimcha), ishxona (-xona – affiksoid), tasdiq qilmoq (qil – yordamchi fe’l).
SABAB_BOGʻLOVCHILARI'>SABAB BOGʻLOVCHILARI Ergash gapni bosh gapga sabab, natija kabi mazmun bilan bogʻlash uchun xizmat qiladigan bog‘lovchilar: chunki, shuning uchun kabi: Yaxshi so‘zlashni odat qil, chunki tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi. (Hadis) Biz tabiatni muhofaza qilishga yetarli e’tibor bermadik, shuning uchun ba’zi qushlar va hayvonlar kamyob bo‘lib qoldi.
SABAB ERGASH GAP Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisaning yuzaga kelish sababini bildiruvchi ergash gap: O‘qituvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat oladi. (R. Usmonov) Bolalar chana uchishgan bo‘lsa kerak, anhor ustidagi ko‘prik yaxmalak bo‘lib ketibdi. (H. G‘ulom)
SABAB HOLI Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol: Tutgan o‘rni va murakkab relyefi tufayli O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari ham har xil.
SABAB RAVISHI Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi ravish: noiloj, chorasizlikdan kabi: Sabr kosasi to‘lib ketgan qiz noiloj yorilishga majbur bo‘ldi. (J. Abdullaxonov)
Do'stlaringiz bilan baham: |