B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAVISHDOSH O‘RAM
- REDUPLIKATSIYA
QUYI KO‘TARILISH UNLILARI Til tanglay tomon oz darajada koʻtarilishi bilan hosil boʻladigan unlilar: a va o unlilari.
R RASMIY-ISH USLUBI Funksional uslubning bir turi boʻlib, u rasmiy (ish-idoraga xos) leksika va frazeologiyaga egaligi, soʻzlarning toʻgʻri, nomlovchi ma’nosida qoʻllanishi, bir qolipdagi iboralarning, amal-mansab atamalarining keng ishlatilishi, ekspressiv nutq vositalarining deyarli yoʻqligi kabi belgilari bilan ajralib turadi. RAVISH Asosan, harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, daraja-miqdori, shuningdеk, qisman prеdmеt-hodisaning hamda bеlgining bеlgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi: tez (gapirmoq), bexosdan (kelmoq), ertaga (boshlamoq), ataylab (qilmoq) va b. RAVISHDOSH O‘RAM Hokim soʻzi ravishdosh shaklidagi fe’l bilan ifodalangan oʻram (q. o‘ram): Shu payt chorbogʻdan echki yetaklab Dildor kirib keldi. (Said Ahmad) RAVISHDOSH Fe’lning ravish kabi ish-harakat va holatning bеlgisini bildiradigan, uning so‘rog‘iga javob bo‘lib, sintaktik vazifasi (hol va ba’zan kеsim)ni bajaradigan, shu bilan birga, harakat-holat ma’nosini saqlaydigan vazifa shakli: kulib, yura-yura, ko‘rgach, tikkach, kеlguncha, maslahatlashgani kabilar. Ravishdosh harakatning belgisini turli jihatdan, masalan, tarz, payt, maqsad va hokazo nuqtayi nazaridan aniqlab keladi: Ayol qo‘lidagi qoshiqni qo‘ydi-da, yugurib deraza oldiga bordi. (S. Zunnunova) Ikromjon yura-yura charchadi. (S. Ahmad) Mashina sharshara ko‘prigidan o‘tib, katta shag‘al yo‘lga tushgach, o‘nqir-cho‘nqir joylarda tebrana boshladi. (I. Rahim) Men go‘sht-yog‘ni tashib bo‘lib, hovlining to‘riga o‘rik tergani bordim. (M. Ismoiliy) RAVISHLASHISH Boshqa turkumga oid soʻzning ravishga ko‘chishi. Masalan, kunda, yaqinda, birdan kabilar: Hozir uning horg‘in yuzidagi yumshoq jilmayish birdan so‘ndi. (A. Muxtor) REDUKSIYA (lot. reduksione – qaytarmoq, orqaga siljitmoq, qisqartmoq) Tovush artikulyatsiyasining kuchsizlanishi natijasida tovush (ovoz)ning oʻzgarishi, tovushning miqdor va sifat belgisi jihatdan pasayishi (bu hodisa asosan urgʻusiz boʻgʻindagi unlilarga xos boʻladi). Masalan, boʻyin soʻziga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda, ikkinchi boʻgʻindagi i reduktsiyaga uchraydi, shu sababli aytilmaydi va yozilmaydi (boʻyni kabi). REDUPLIKATSIYA (lot. reduplikatsio – ikkilanish) Soʻzni takror shaklda qoʻllash, takroriy soʻz hosil qilish usuli: qator-qator (daraxtlar), keng-keng (xonalar), yayrab-yayrab (oʻynamoq) kabi. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling