SEMANTIKA (fran. semantique, yun, semantikos ifodalovchi) 1. Til birliklarining mazmun, ma’no tomoni.
2. ayn. Semasiologiya.
SEMASIOLOGIK TAHLIL Lugʻaviy birliklarning semantikasi va u bilan bogʻli boʻlgan hodisalar nuqtayi nazaridan boʻladigan tahlil.
SEMASIOLOGIYA (yun. semasia – ifodalash + 1ogos – tushuncha, ta’limot) Til birliklarining, birinchi navbatda, lug‘aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog‘liq masalalarni oʻrganuvchi soha.
SEMEMA Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni. Semema til birligi sifatida nutqiy lug‘aviy ma’noga qarama-qarshi turadi. Sememaga tayyorlik, ijtimoiylik, cheklanganlik, barqarorlik, takroriylik belgilari xos bo‘lsa, nutqiy lug‘aviy ma’no tayyor emaslik, individuallik, cheksizlik, beqarorlik, betakrorlik belgilariga ega. Masalan yaxshi leksemasining sememasi “umumiy ijobiy baho” bo‘lib bu semema yaxshi qiz so‘z birikmasida “odobli”, yaxshi pichoq so‘z birikmasida “o‘tkir”, yaxshi o‘qituvchi so‘z birikmasida “mahoratli” va hokazo nutqiy lug‘aviy ma’nolar ko‘rinishida voqelanadi.
SEMIOLOGIYA (yun. sema – belgi, logos – tushuncha, ta’limot) – ayn. Semiotika.
SEMIOTIKA (yun. semiotike < semion – belgi) Turli-tuman belgilar (ramzlar) tizimining umumiy xususiyatlarini oʻrganuvchi fan.
SERMAHSUL QO‘SHIMCHALAR Koʻp miqdorda soʻz yasaydigan, hozirgi soʻz yasalishida faol boʻlgan qo‘shimchalar. Masalan, ot yasovchi -chi, sifat yasovchi -li, fe’l yasovchi -la qo‘shimchalari.
SERMAHSULLIK Koʻp miqdorda soʻz yasalishida qoʻllanish xususiyati.
SERUNUM QO‘SHIMCHALAR – ayn. Sermahsul qo‘shimchalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |