B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet86/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

QOʻSHIMCHA OTTENKALAR Soʻzaning semantik tuzilishidagi ma’no ot­ten­kasi (q.), emotsional-ekspressiv boʻyoq (q.) va uslubiy belgi (q.).
QOʻSHIMCHA O‘zak, negizga qo‘shilib so‘z yasash, grammatik ma’no ifodalash yoki so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiluvchi morfema: tuz + don (so‘z yasa­yapti), kitob + lar (grammatik ma’no (ko‘plik) ifodalayapti), uy + dan chiq­moq (ikki so‘zni bog‘layapti).
QOʻSHMA QO‘SHIMCHA Birdan ortiq qo‘shimchaning qoʻshilib bir qo‘shim­chaga aylanishidash yuzaga kelgan qo‘shimcha. Masalan, -garchilik (loygarchilik), -lan (zavqlanmoq) kabi. Qiyos. Sodda qo‘shimcha. .
QOʻSHMA GAP Birdan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihati­dan birikuvidan tuzilgan gap: O‘qi­tuvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yaras­hmaydi, chunki yosh av­lod undan ibrat oladi. (R. Usmonov)
QOʻSHMA SOʻZ Tarkibida birdan ortiq lug‘aviy ma’noli qism boʻlgan soʻz: belbogʻ, otquloq, gultojixoʻroz, erksevar, kinoapparat, ishlab chiqarish kabi.
QOʻSHTIRNOQ Ikki (ochiluvchi va yopiluvchi) qismli tinish belgisi boʻlib, yozuvda koʻchirma gap va sitatalarni, badiiy asar, gazeta, jurnal va muas­sasa­larning nomlarini, kesatiq, qochiriq kabi ma’nolarda qoʻllangan soʻzlarni ajratish uchun ish­la­tiladi. Yozuv ifodasiga koʻra qoʻshtirnoq ikki shaklga ega: „ “ va « ».

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling