B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet85/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

QIYOSIY-TARIXIY METOD Nisbatan keyingi vaqtlardagi yozma man­balar va jonli til faktlarini qiyoslab oʻrganish asosida ana shu jonli til va yozma manba­larda uchramaydigan (qayd etilmagan) qadimgi til faktlarini tiklashdan ibo­rat ling­vistik metod. Bu metod qarindosh tillarning ma’lum bir davrdagi taraq­qiyot qonuni­yatlarini aniqlashga, oʻz tilga oid va oʻzlashma birliklarni belgilashga xizmat qiladi, shuningdek, tillarni qiyosiy-tarixiy oʻrganishning ayrim muam­molari uchun zamin hozirlaydi.
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK Tilshunoslikning qarindosh tillarni qiyo­­siy-tarixiy metod asosida oʻrganuvchi boʻlimi
QOIDA Til hodisalariga xos ma’lum qonuniyatni aks ettiruvchi, til vositalarini yozma va ogʻzaki nutqda me’yoriy holda ishlatishni belgilovchi tavsiya: Imlo qoi­dalari. Grammatik qoidalar.
QOMUSIY LUGʻAT Lugʻat maqolasining bosh soʻzi sifatida soʻz yoki soʻz birikmalari chiqarilib, ana shular bildirgan voqelik haqida (kishi nomlari, muhim voqea-hodisalar va b. haqida) batafsil ma’lumot beradigan lug‘at.
QOʻSH INKOR Bir gapda inkor (boʻlishsizlik)ning ikki marta ifodalanishi: Ishonmaslik mumkin emas kabi. O‘zbek tilida analitik fe’l shaklida boʻlishsizlik koʻrsatkichi (-ma) yetakchi va koʻmakchi fe’lga qoʻshshlishi mumkin. Buni «inkorni inkor» deb ataladi. Inkorning inkori esa qat’iy tasdiq (boʻlishlilik) ma’­no­­sini keltirib chiqaradn: aytmay qoʻymaydi – albatta aytadi.
QOʻSH UNDOSH Ketma-ket kelgan aynan bir tipdagi undosh; geminata: katta, omma, achchiq kabi.
QOʻSHILMA SON Qismlari bildirgan miqdorining yigʻindidan iborat boʻl­gan miqdorni bildiruvchi son: oʻn besh (10 + 5), qirq sakkiz (40 + 8).
QOʻSHILMA Sintaktik birliklar sifatida soʻz birikmasi (q.) bilan gap (q.) uchun umumiy nom.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling