QIYOSIY DARAJA – q. Ozaytirma daraja.
QIYOSIY GRAMMATIKA Qarindosh tillarning grammatik qurilishini bir-biriga qiyoslab oʻrganuvchi grammatika: Turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi.
QISQARISH Qisqartirish yoʻli bilan yangi soʻz yoki soʻz shakli hosil boʻlishi. Masalan, kilogramm soʻzidan kilo soʻzi hosil boʻlishi.
QISQARTMA OTLAR – q. Qisqartma soʻzlar.
QISQARTMA QOʻSHMA SOʻZLAR – q. Qisqartma soʻzlar.
QISQARTMA SOʻZLAR Soʻz birikmasi komponentlarining ma’lum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar: BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)), O‘zMU (O‘zbekiston milliy universiteti), ATS (avtomat telefon stantsiyasi) va b.
QISQARTMALAR 1. Q. Qisqartma soʻzlar.
2. So‘zning ma’lum bir shaklda qisqartirib berilgan ifodasi – shartli qisqartmalar: va b. – va boshqalar, S. A. – Said Ahmad.
QIYOSIY FONETIKA Qarindosh tillar tovush tizimini oʻrganuvchi fonetika: Turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi.
QIYOSIY LEKSIKOLOGIYA Qarindosh tillar leksikasini qiyoslab oʻrganuvchi leksikologiya: Turkiy tillarning qiyosiy leksikologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |