B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- SIFATLOVCHI
- SINTAKTIK BIRLIK
SIFATLANMISH Birikmaning sifatlovchi ) tobe boʻlgan (hokim) komponenti: tiniq suv, oltin uzuk, gullagan daraxt.
SIFATLASH Predmetning sifatini tasvirli, obrazli ifodalash uchun ishlatiladigan soʻz, tropning bir turi: oltin vodiy, zumrad bahor. SIFATLASHISH Boshqa turkumga oid soʻzning sifatga koʻchishi: a) fе’lning sifatga ko‘chishi: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash; b) fе’lning sifatdosh shaklining sifatga koʻchishi: kеlajak, bo‘lajak; v) otning sifatga koʻchishi: moshguruch, yo‘lyo‘l, rangbarang, xilmaxil; g) olmoshning sifatga koʻchishi: manman. SIFATLOVCHI Aniqlovchining turi boʻlib, predmetning belgi-sifati, son-miqdori, tartibi kabi belgilarini bildiruvchi boʻlak: katta tarvuz, qizil gul, o‘nta avtomobil, to‘rtinchi uy. SIGNIFIKAT Til birligi ifodalaydigan tushuncha. SINGARMONIZM (yun. syn – birga + harmonia – ohangdoshlik) Soʻzning asosi va qo‘shimcha tarkibidagi unlilarshshg oʻzaro uygʻunlashuvi, garmoniyasi. Bu hodisa ayrim turkiy tillar uchun, oʻzbek tilining esa ayrim shevalariga xos xususiyatdir. Masalan, oʻzbek tilining qipchoq tip shevalarida uchinchi shaxs egalik qo‘shimchasining i, ы, u kabi variantlarga egaligi singarmonizm belgisidir: ishi, atы, ozu (oʻzi) kabi. SINXRONIYA (yun. syn – birga + xronos – vaqt, ya’ni bir vaqtlilik) Ayrim til hodisalarining, yaxlitligicha til tizimining ma’lum bir tarixiy rivojlanish bosqichidagi holatini liigvistik oʻrganish predmeti sifatida shartli ajratib olish. SINTAKTIK BIRLIK Sintaksisning oʻrganish obyekti boʻlgan birlik, ya’ni soʻz birikmasi (q.) va gap (q.). SILLABEMA Fonologik birlik boʻlgan boʻgʻin. SILLABIK YOZUV (yun. syllabikoz – boʻgʻinga teng) – ayn. Boʻgʻinli yozuv. SINEKDOXA (yun. sinekdoche – birga nazarda tutmoq) Bir predmet nomining boshqa predmetga butun va qism munosabati asosida koʻchishi, butunning nomi qismning nomi va aksincha boʻlib qolishi. Masalan, olma: 1) mevaning bir turi va 2) shu mevaning daraxti; yoki Besh qo‘l baravar emas jumlasidagi qo‘l so‘zi “barmoq” ma’nosidadir. SINKOPA (yun. sinkope – oradan qisqarish) Soʻz tarkibidan tovush yoki tovushlar guruhining tushishi. Masalan, arslon> aslon, birlan>bilan kabi. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling