B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet100/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SOʻZLASHUV NUTQI LEKSIKASI Soʻzlashuv nutqida qoʻllanuvchi (kito­biy nutqda uchramaydigan) soʻzlar: oʻngʻay, qittay, alay-balay, valaqlamoq va b. Soʻz­lashuv nutqi leksikasining uch xil semantik-uslubiy turi farq­lanadi: 1) oddiy soʻzla­shuv leksikasi (q.); 2) dagʻal soʻz va jargon; 3) dialek­tizmlar (q.).
SOʻZLASHUV USLUBI Funktsional uslubning bu turi oʻziga xos ish koʻrish sharoiti (fikr olishuvning bevositaligi, til vosntalaripn saylab ishlatishnipg yoʻqligi) bilan, intonatsiya vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanishi bilan, oddiy leksik va frazeologik birliklarning, ekspressiv-emot­sional vositalarniig keng ishlatilishi va sh. k. xususiyatlari bilan ajralib turadi.
SOʻZLIK Lugʻatga kiritiladigan soʻzlarning alifbo tartibidagi roʻyxati (tarjima lugʻatlari va izohli lugʻatlarda bu soʻzlar tarjima qnlinadi, izohlanadi).
SOʻZLOVCHI q. Birinchi shaxs.
SOʻZNING ESTETIK VAZIFASI Soʻzning nomlash vazifasiga qoʻ­shim­cha tarzda turli his-hayajon, ta’sirchanlik ifodalash vazifasi.
SOʻZNING FONETIK TUZILISHI Soʻzning tovushlardan iborat tuzilishi. Masalan, baliq soʻzida b, a, l, i, q tovushlarining shunday tartibda joylashuvi uning fonetik tuzilishini tashkil etadi.
SOʻZNING FORMAL QISMI Soʻzning grammatik ma’no ifodalovchi qismi. Masalan, kitoblarni so‘zida -larni qismi formal qismidir.
SOʻZNING GRAMMATIK SHAKLI Soʻzning grammatik ma’no ifo­da­lovchi shakli. Grammatik shaklning tub, sintetik, analitik, juft, takroriy shakl kabi ko‘rinishlari bor. Masalan, o‘qi − tub shakl, buyruq, kelasi zamon, II shaxs, birlik, tasdiq kabi grammatik ma’nolarni ifodalaydi, o‘qidi – sintetik (qo‘shimcha bilan hosil bo‘lgan) shakl, o‘tgan zamon, reallik, bevosita kuzatganlik kabi grammatik ma’nolarni ifodalayapti, oqib chiqdi – analitik (yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan) shakl, ish harakatni oxiri­gacha bajarganlikni bildiradi, qozon-tovoq – juft shakl, jamlik ma’nosini bildiradi, qop-qoptakroriy shakl, ko‘plikni bildiradi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling