SOʻZNING KOMMUNIKATIV VAZIFASI Soʻzning fikr (xabar) ifodalash vositasi boʻlib xizmat qilishi.
SOʻZNING MA’NOSI Soʻzga xos leksik, leksik-grammatik va grammatik ma’nolar. q. 1) leksik ma’no; 2) leksik-grammatik ma’no; 3) grammatik ma’no.
SOʻZNING MATERIAL QISMI Soʻzning lugʻaviy ma’no bildiradigan qismi. Masalan, kitoblarni so‘zida kitob qismi material qismdir.
SOʻZNING MORFEM TUZILISHI Soʻzning morfemalardan iborat (morfemalardai tashkil toigai) tuzilishi. Masalan, terimchilarimizga soʻzining morfem tuzilishi: ter-im-chi-lar-imiz-ga.
SOʻZNING MORFOLOGIK TUZILISHI Soʻzning shakl yasalishi qismlaridan iborat tuzilishi. Masalan, paxtakorlarimizni soʻzining morfologik (shakl yasalish) tuzilishi: paxtakor-lar-imiz-ni; ishlayaptilar soʻzining morfologik tuzilishi: ishla-yap-ti-lar.
SOʻZNING NOMLASH VAZIFASI Soʻzning predmet, belgi, harakat kabilarni atash vazifasi.
SOʻZNING SEMANTIK TUZILISHI Soʻzning leksik ma’no (ma’nolar), ma’no ottenkasi, qo‘shimcha ottenkalardan iborat tuzilishi.
SOʻZNING SOʻZ YASALISH TUZILISHI Soʻzning soʻz yasalishiga asos boʻladigan qismi (soʻz yasalish asosi) bilan yasovchi qismdan iborat tuzilishi. Masalan, terim soʻzining soʻz yasalish tuzilishi ter + im qismlaridan, terimchi soʻzining soʻz yasalish tuzilishi terim + chi qismlaridan iborat.
SOʻZNING TASHQI TOMONI Soʻzniig tovush qobigʻi, soʻzing ifoda jihati.
SOʻZNING TUZILISHI Soʻzning fonema, morfema, soʻz yasalishi, shakl yasalishi, shuningdek, semantik nuqtayi nazardan boʻlgan tuzilnshi.
SOʻZNING VALENTLIGI Soʻzning muayyan soʻz bilan birika olish imkoniyati. Masalan, suv so‘zi tiniq, toza, loyqa, chuchuk, sho‘r kabi so‘zlar bilan birika oladi. Unumdor, tekis, quvnoq kabi so‘zlar bilan birika olmaydi.
SOʻZNING VARIANTLARI Soʻzning biror lsihatdan oʻzgachalikka ega boʻlgan koʻrinishlari. Soʻz turli jihatdan variantlarga (fonetik, orfoepik, morfologik va b. variantlarga) ega boʻlishi mumkin. Masalan, shabada – shabboda (fonetik variant), gulday – guldek (morfologik variant), izla – ista (dialektal variant) va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |