B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet101/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SOʻZNING KOMMUNIKATIV VAZIFASI Soʻzning fikr (xabar) ifo­da­lash vosi­tasi boʻlib xizmat qilishi.
SOʻZNING MA’NOSI Soʻzga xos leksik, leksik-grammatik va gram­matik ma’­no­lar. q. 1) leksik ma’no; 2) leksik-grammatik ma’no; 3) gram­matik ma’no.
SOʻZNING MATERIAL QISMI Soʻzning lugʻaviy ma’no bildira­di­gan qismi. Masalan, kitoblarni so‘zida kitob qismi material qismdir.
SOʻZNING MORFEM TUZILISHI Soʻzning morfemalardan iborat (morfema­lar­dai tashkil toigai) tuzilishi. Masalan, terimchilarimizga soʻzining morfem tuzi­lishi: ter-im-chi-lar-imiz-ga.
SOʻZNING MORFOLOGIK TUZILISHI Soʻzning shakl yasalishi qismlari­dan iborat tuzilishi. Masalan, paxtakorlarimizni soʻzining morfo­logik (shakl yasa­lish) tuzilishi: paxtakor-lar-imiz-ni; ishlayaptilar soʻzining morfologik tuzilishi: ishla-yap-ti-lar.
SOʻZNING NOMLASH VAZIFASI Soʻzning predmet, belgi, harakat kabilarni atash vazifasi.
SOʻZNING SEMANTIK TUZILISHI Soʻzning leksik ma’no (ma’no­lar), ma’no ottenkasi, qo‘shimcha ottenkalardan iborat tuzilishi.
SOʻZNING SOʻZ YASALISH TUZILISHI Soʻzning soʻz yasalishiga asos boʻ­la­digan qismi (soʻz yasalish asosi) bilan yasovchi qismdan iborat tuzilishi. Masalan, terim soʻzining soʻz yasalish tuzilishi ter + im qismlaridan, terimchi soʻzi­ning soʻz yasalish tuzilishi terim + chi qismlaridan iborat.
SOʻZNING TASHQI TOMONI Soʻzniig tovush qobigʻi, soʻzing ifoda jihati.
SOʻZNING TUZILISHI Soʻzning fonema, morfema, soʻz yasalishi, shakl yasalishi, shuningdek, semantik nuqtayi nazardan boʻlgan tuzilnshi.
SOʻZNING VALENTLIGI Soʻzning muayyan soʻz bilan birika olish imko­niyati. Masalan, suv so‘zi tiniq, toza, loyqa, chuchuk, sho‘r kabi so‘zlar bilan birika oladi. Unumdor, tekis, quvnoq kabi so‘zlar bilan birika olmay­di.
SOʻZNING VARIANTLARI Soʻzning biror lsihatdan oʻzgachalikka ega boʻl­gan koʻrinishlari. Soʻz turli jihatdan variantlarga (fonetik, orfoepik, morfo­logik va b. variantlarga) ega boʻlishi mumkin. Masalan, shabada – shabboda (fonetik vari­ant), gulday – guldek (morfologik variant), izla – ista (dialektal variant) va b.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling