SOʻZ O‘ZGARTUVCHI QO‘SHIMCHA Shakl yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushuniladi. Masalan, kelishik qo‘shimchalari, shaxs-son qo‘shimchalari.
SOʻZ YASALISH ASOSI Yangi soʻzning yasalishida asos boʻladigan, soʻz yasovchi qoʻshiladigan qism. Masalan, terim soʻzida ter, terimchi soʻzida terim kabilar soʻz yasalish asosi hisoblanadi.
SOʻZ YASALISH ME’YORI Soʻz yasalishining adabiy til qonun-qoidalariga mosligi-mos emasligini belgilovchi me’yor. Masalan, -viy, -iy affikoi yordamida kitobiy, tanqidiy, kimyoviy sifatlarining yasalishi me’yoriy, ammo chiziqiy, tumshuqiy, ziddixalqiy yasalishlari me’yoriy emas.
SOʻZ YASALISH MODELI Soʻz hosil boʻlish (soʻz hosil qilish) sxemalari. Masalan, aqlli, kuchli, mazali, shirali soʻzlari soʻz yasalish asosi + yasovchi qo‘shimcha modeli asosida hosil boʻlgan.
SOʻZ YASALISH TAHLILI Yasama soʻzning tarkibini, qanday usul bilan hosil boʻlganini va sh.k. ni aniqlash, oʻrganish; shu nuqtayi nazardan boʻladigan tahlil. Bunda yasama soʻz komponentlarining xususiyati, ma’no munosabati, shuningdek, soʻz yasalish asosi bilan yasalmaning oʻzaro munosabatlari belgilanadi (oʻrganiladi).
SOʻZ YASALISH TARKIBI Yasama soʻzning uni hosil qiluvchi qismlardan iborat tuzilishi: yasama soʻzning tarkibi. Masalan, terim soʻzining soʻz yasalish tarkibi ter + im, terimchi soʻzining soʻz yasalish tarkibi terim + chi qismlaridan iborat.
SOʻZ YASALISH TIPI Soʻz yasalishining quyidagi uch umumiy belgisi bilan xarakterlanuvchi, ya’ni: 1) soʻz yasalish asosi (asoslovchi soʻz) bir turkumga oid boʻlgan, 2) ayni yasovchi qo‘shimcha bilan hosil boʻlgan, 3) soʻz yasalish ma’nosi bir xil boʻlgan tipi. Masalan, otlardan -li qo‘shimchasi yordamida yasalib, asosdan anglashilgan narsaga egalikni ifodalovchi kuchli, qumli, yogʻli kabi sifatlar soʻz yasalishining bir tnpi hisoblaiadi.
SOʻZ YASALISHI 1. Tilshunoslikning soʻz yasalishi va u bilan bogʻliq masalalarni oʻrganuvchi boʻlimi.
2. Tilda bor bo‘lgan ma’lum usul, model asosida yangi so‘z hosil qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |