SIRGʻALUVCHI UNDOSHLAR Nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdai sirg‘alib chiqishi natijasida hosil boʻladigan undoshlar. Masalan, v, f, z, s, j, sh, x undoshlari.
SISTEMA (yun. systema – bir butunlik, qismlardan tuzilgan narsa) – q. Tizim.
SITUATSIYA (fran. situatsion – vaziyat, sharoit, holat) Nutq akti yuz berayotganda unga ta’sir koʻrsatuvchi sharoit.
SINTAGMATIK GRAMMATIKA Soʻz, soʻz birikmasi, gaplarni sintagmatik planda, nutq unsurlari sifatida oʻrganuvchi grammatika.
SODDA QO‘SHIMCHA Qismlarga boʻlinmaydigan qo‘shimcha: -chi, (ishchi), -la (ishla), -li (aqlli) kabi.
SODDA ANIQLOVCHI Birgina mustaqil soʻzdan iborat boʻlgan aniqlovchi, shuningdek, turgʻun soʻz birikmasi bilan ifodalangan aniqlovchi: keng dala, choyning ta’mi, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bola.
SODDA BO‘LAK Birgina lugʻaviy birlik (mustaqil soʻz yoki turgʻun soʻz birikmasi) bilan ifodalangan boʻlak: Kitobni o‘qidim.(sodda kesim) Toychoq kishnadi. (sodda ega) Ukamga berdim. (sodda to‘ldiruvchi) Kecha keldi.(sodda hol) Qizil gul (sodda aniqlovchi) Tuzilish jihatidan sodda boʻlish gap boʻlaklarining barchasiga xos.
SODDA FE’L KESIM Tarkibida birgina mustaqil fe’l boʻlgan kesim: O‘rmon yoqalab to‘rt soat yurdik. (T. Rustamov)
SODDA HOL Birgina mustaqil soʻz bilan ifodalangan hol: O‘rikzorda qizil ko‘ylakli bir ayol ko‘rindi. (P. Tursun)
SODDA KESIM Birgina mustaqil soʻz bilan ifodalangan kesim: Murod quyosh yoyilganda turdi. (T. Ashurov) Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal. (Oybek)
Do'stlaringiz bilan baham: |