B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


SODDA SON Birgina soʻzdan ifodalangan son: bir, uch, besh, oʻn, yigirma, toʻqson kabi. SODDALASHISH


Download 387.41 Kb.
bet96/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SODDA SON Birgina soʻzdan ifodalangan son: bir, uch, besh, oʻn, yigirma, toʻqson kabi.
SODDALASHISH Soʻzning morfema tarkibida oʻzicha mustaqil boʻl­gan morfemalarning oʻz mustaqilligini yoʻqotib (yasama so‘z, yasama shakl xusu­siyatini yoʻqotib), boʻlinmas holga kelishi. Masalan, ilgari, ilg‘or, ildam soʻzlari­ning ham­masi ham aslida il so‘zidan yasalgan boʻlib, soddalashish natijasida ulardagi oʻzak va qoʻshimchalar ajralmas holga kelgan.
SODDA TO‘LDIRUVCHI Birgina mustaqil soʻz bilan ifodalangan toʻldi­ruvchi: Qanisan, bolam? Ma­navi choyni ich. (S. Ah­mad) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. (Maqol)
SODDA OT KESIM Tarkibida birgina mustaqil soʻz boʻlgan ot kesim: O‘zbe­kis­tonning poytaxti – Toshkent. Olam keng.
SODDA SOʻZ BIRIKMASI O‘zaro tobe + hokim munosabatdagi ikki mustaqil soʻzdan tuzilgan soʻz birikmasi: keng maydon, kuchli shamol, tez harakat, gul bargi va b.
SODDA SOʻZ Tarkibida birgina lugʻaviy ma’noli qism boʻlgan soʻz. Sodda soʻz tub yoki yasama boʻladi: bosh, tez, koʻr; koʻklam, terim, boshla, oʻynay va b.
SODDA GAP Tarkibida bitta kеsim, ya’ni bitta grammatik markaz mavjud bo‘l­gan, ma’lum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsiom jihatdan shakl­langan sintaktik birlik: – Aytaman.(A. Qahhor) Ukamsan. Bulbul sayrayapti. Havo toza. Ertalab soat yettilarda yotoqxona oldiga usti yopiq yuk mashinasi keldi. (S. Si­yo­­yev)
SOF BOGʻLAMA Leksik ma’nosini yoʻqotgan, sof grammatik vazifa baja­ruvchi bogʻlama. Masalan, edi, ekan toʻliqsiz fe’llari: oʻqituvchi – oʻqituvchi edi.
SOF SOʻROQ GAP Tinglovchidan javob talab qiladigan soʻroq gap: – Qish­loqqa qachon qaytasiz? (M. Ismoiliy)
SON KATEGORIYASI Grammatik miqdor ma’nosini ifodalovchi shakllar tizimi. Son kategoriyasining ikki shakli bor: 1) birlik va ko‘plikka betaraf shakl: bola, kitob, baliq kabi: bitta kitob – birlik, ikkita kitob, o‘nta kitob, ko‘p kitob – ko‘plik; 2) ko‘plik shakli: bolalar, kitoblar, baliqlar.
SON Mavjudotning miqdorini, sanoq jihatdai tartibini bildiruvchi so‘z turkumi: ikki, olti, yettita, o‘ninchi. Son ma’no xususiyatiga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) miqdor son, 2) tartib son. Tuzilishiga ko‘ra son to‘rt turga bo‘linadi: 1) sodda son (q.), 2) murakkab son (q.), 3) juft son (q.), 4) takroriy son (q.)

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling