B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


SONANT (lot. sonantoz – jaranglovchi). 1. Boʻgʻin hosil qila oladigan undosh. 2. ayn. Sonor. SONOR


Download 387.41 Kb.
bet97/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

SONANT (lot. sonantoz – jaranglovchi). 1. Boʻgʻin hosil qila oladigan undosh.
2. ayn. Sonor.
SONOR (lot. sonoris – jarangdor) – q. Sonor undosh.
SONOR UNDOSH Tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustun boʻlgan undop: m, n, ng, l, r.
SOTSIOLINGVISTIKA (lot. socius) – jamiyat + lingvistika) Tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini oʻrganuvchi sohasi. Sotsiologiya va lingvistikaning sintezidan iborat boʻlgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi; nolisoniy omillar ta’sirida til taraqqiyotidagi faol jarayonlar; radio, televideniye, kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning ogʻzaki va yozma shakli oʻrtasidagi nisbatning oʻzgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq ommasi nutq madaniyatini koʻtarish kabi muammolar bilan shugʻullanadi.
SOʻZ BIRIKMASI Bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma’no va gram­matik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushun­chani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq soʻzlar bogʻlanmasi: baland bino, qush­ning qanoti, uzum yemoq, ketmon bilan ag‘darmoq kabi.
SOʻZ KO‘CHIRISH Yozuvda soʻzning qatorga sigʻmay qolgan qismini ma’lum qoida asosida keyingi qatordan yozish.
SOʻZ QO‘SHISH Ikki soʻzni qoʻshib, yaigi soʻz hosil qilish usuli. Q. Kompo­zitsiya.
SOʻZ SHAKLIayn. Soʻzning grammatik shakli.
SOʻZ TARKIBIq. Soʻzning tuzilishi.
SOʻZ TURKUMLARI Soʻzlariing umumiy leksik-grammatik xususiyat­lariga koʻra boʻlinishi. Masalan, ot turkumi, fe’l turkumi va b. Soʻz turkumlari avvalo ikki asosiy guruhga boʻlinadi: 1) mustaqil soʻz turkuml ar i; 2) mustaqil boʻlmagan soʻz turkumlari. Birinchi guruhga mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undov, taqlid soʻz va modal soʻzlar kiradi.
SOʻZ URG‘USI Ikki va uidan ortiq boʻginli soʻzlarda shu boʻgʻinlardan birini ajratib, kuchli talaffuz qilish: bosmá – bósma, hozír – hózir, tortmá – tórtma. Soʻzning qaysi boʻgʻinida boʻlishiga koʻra urgʻuning ikki turi farqlanadi: 1) tur­gʻun (barqaror) urgʻu (q.); 2) erkin urgʻu (q.).
SOʻZ O‘YINI Koʻp ma’noliligiga, fonetik tuzilishi bir xilligi yoki bir-biriga yaqin­ligiga asoslanadigan nutq figurasi. Masalan, bosvoldi soʻzini askiyada qovun yoki harakat (bosib oldi) ma’nosida qoʻllash.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling