TARZ HOLI (RAVISH HOLI) Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiruvchi hol: Otabek shoshib tokchadan xitoyi norin tovoqni oldi. (A. Qodiriy)
TARZ RAVISHI Ish-harakatning bajarilish usulini, qay tarzda yuz berishini bildiruvchi ravish: birdan, asta, toʻsatdan kabi: Ammo do‘stingdan yaqin bir odamingdan to‘satdan shunday gap eshitish menga albatta og‘ir. (P. Tursun)
TASHQI FAKTORLAR – ayn. Nolisoniy omillar.
TASHQI NUTQ Haqiqiy ma’nodagi nutq, ya’ni tovush ifodasiga ega boʻlgan nutq.
TAVSIFIY FONETIKA Tilning tovush tomonini tavsifiy planda oʻrganuvchi fonetika.
TAVSIFIY GRAMMATIKA Grammatik hodisalarni – soʻz shakli, ma’nosi va boshqa grammatik birliklarni tavsiflovchi grammatika.
TAVSIFIY LEKSIKOLOGIYA Soʻzning ma’nosi, uslubiy tavsifi, lugʻat tarkibining hajm va tuzilishi kabi masalalarni tavsifiy plaida oʻrganuvchi leksikologiya.
TAVSIFIY LINGVISTIKA Tilning holatini tavsifiy planda oʻrganuvchi lingvistika.
TAVTOLOGIYA (yun. tavtologiye + 1ogos – soʻz) Bir fikr (mazmun)ni boshqa soʻz yoki soʻzlar bilan takroran ortiqcha ifodalash, soʻzni ortiqcha ishlatish. Masalan, gapirmoq oʻrnida gap gapirmoq, tepmoq oʻrnida oyoq bilan tepmoq deb qoʻllash tavtologiya hisoblanadi, chunki gap, oyoq bilan qismlari yangi informatsiya bermaydi (gapirmoq, tepmoq soʻzlarndagi informatsiyani takrorlaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |