B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet113/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TOVUSHLARNING ALMASHINUVI Morfema ifoda planidagi ayni bir to­vush­ning turli holatlarda boshqa tovush bilan almashinuvi: ong-angla, yurak-yuragi kabi.
TOVUSHLARNING POZITSION O‘ZGARISHI Nutq tovushining so‘zdagi pozitsiyasiga (o‘rniga) bog‘liq holdagi o‘zgarishi: omad – omat, kitob – kitop.
TOVUSHLARNING KOMBINATOR O‘ZGARISHI Tovush oʻzgarishi­ning tovush­larning oʻzaro ta’siri natijasida yuz beradigan turi. Q. Assimilatsiya. Meta­teza. Dissimilatsiya.
TOVUSHLARNING SIFATIY O‘ZGARISHI Tovushning tembriga, uning artikulyatsion va akustik xarakteristikasiga ta’sir etadigan fonetik oʻzgarish. Masalan, jaranglilashish, jarangsizlashish va b.
TRANSFORMATSIYA (lot. transformatsion – qayta tuzmoq) Asosiy sintak­tik tuzilmaini til qonun-qoidalari asosida oʻzgartirib, ikkinchi bir tuzilma hosil qilish. Masalan, aniq tuzilmaning majhul tuzilmaga aylantirilishi: Qizcha she’rni oʻqidiShe’r qizcha tomonidan oʻqildi kabi.
TRANSKRIPSIYA (lot. transkripsio – koʻchirib yozuv) 1. O‘zga til so‘zi tarkibi­dagi tovushni ona tili alifbosi asosida yozish.
2. ayn. Fonetik transkripsiya.
TRANSLITERATSIYA (lot. tranz – orqali + litera – harf) Bir til alifbosiga oid matnni boshqa bir til alifbosidan foydalanib, yozuvda aniq aks ettirish. Bunda oʻz tilida talaffuz qilinmaydigan yoki oʻzicha talaffuz qilinadigan tovushning harfi oʻzi­cha saqlanadi.
TRANSPOZITSIYA (lot. transpositio – oʻrin almashtirish) Grammatik katego­riya­larning oʻziga xos boʻlmagan vazifada qoʻllanishi. Masalan, bir turkum soʻzining matnda boshqa turkum soʻzi kabi qoʻllanishi.
TUB ASOS Morfemalarga boʻlinmaydigan (yasalmagan) asos. Masalan, suvchi, daraxtzor, kechagi soʻzlarining suv, daraxt, kecha qismi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling