B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet115/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TO‘LIQSIZ ASSIMILATSIYA Soʻzda bir tovushning ikkinchisini artikulat­siya oʻrniga koʻra (sunbul >sumbul) yo artikulatsiya usuliga koʻra (to‘qson > to‘xson), yoki akustikasiga koʻra (ketgan > ketkan) bir xil qilib olishi.
TO‘LIQSIZ FE’L Lugʻaviy ma’nosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida ma’lum bir grammatik ma’no va vazifalarda qoʻllanuvchi fe’l: edi, ekan, emish: Kat­ta buloqning irmog‘i kichik buloqnikiga qaraganda kuchliroq edi. (H. Po‘­­latov) Tog‘­ning usti daraxtzor ekan, yonidagi soydan esa sharqirab suv oqar ekan. (Z. A’lam) Qimirlagan jon yo‘q emish. Behishtday bir olam emish. (T. Mu­rod)
TO‘LIQSIZ GAP Grammatik tuzilishi yoki tarkibi nuqtayi nazaridan toʻliq boʻl­magan (tarkibida bir yoki bir necha boʻlaklari ishtirok etmagan), lekin bu notoʻliqlik nutqiy matn yoki vaziyat (sharoit)dan aniq sezilib turadigan gap: – Siz universitetga borasizmi? – Boraman (ega (mеn), hol (maktabga) tushirilgan).
To‘liqsiz gapning quyidagi turi mavjud:
a) dialogik nutq tarkibidagi to‘liqsiz gap: – Kim kеlmadi? – Ahmad;
b) ibora shaklidagi to‘liqsiz gap: Tug‘ilgan kuningiz bilan! Navro‘zingiz muborak!;
d) qo‘shma gap tarkibidagi to‘liqsiz gap: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).
TURDOSH OT Bir turdagi predmetlarning umumiy nomi boʻlib xizmat qila­digan ot: tog‘, gul, qovun, daraxt, gʻalla va b.
TURGʻUN SOʻZ BIRIKMASIQ. Soʻzlarning turgʻun birikmasi.
TURGʻUN URGʻU Soʻzning ma’lum qismidagi boʻgʻinga tushadigan urgʻu. Masalan, oʻzbek tilida urgʻu odatda soʻzning oxiridagi boʻgʻinga tushadi.
TURLANISH Otning kelishik shakllari bilan oʻzgarishi: kitobkitobningkitobnikitobgakitobdakitobdan kabi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling