B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet117/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

U
UCHINCHI SHAXS Soʻzlovchi va tinglovchidan oʻzga shaxs, suhbatda ishtirok etmayotgan shaxs. Bu ma’no quyidagicha ifodalanadi: 1) III shaxs kishi­lik olmosh­lari bilan: u, ular; 2) egalik kategoriyasining shakllari bilan: doʻsti, uyi, ukasi; 3) shaxs-son kategoriyasining III shaxs shakllari bilan: keldi, tamomladi, biladi, ishlaydi, kelyapti kabi.
UNDOVLAR NAZARIYASI Tilning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi |qadimgi nazariyalardan biri boʻlib, bu nazariyaga koʻra, til gʻayriixtiyoriy emotsional qichqi­riqlar asosida paydo boʻlgan.
UNDOSHLAR TIZIMI Tilning undosh tovushlar majmui, ularming xusu­siyat va munosabatlari.
UMUMLASHTIRUVCHI BOʻLAK Uyushiq boʻlaklar uchun umumiy boʻl­gan tushunchani ifodalovchi, ularni umumlashtiruvchi boʻlak (soʻz yoki soʻz birikmasi): Nimrang toifi, pushtirang husayni, tillarang qirmisqa, qahrabo hu­sayni, har do­na­si yong‘oqday keladigan kattaqo‘rg‘on – hammasi shi­g‘il pish­gan. (S. Anorbo­yev)
UMUMIY FONETIKA Tilshunoslikning turli tillar materiali asosida nutq tovush­lariniig hosil boʻlishi, urgʻuning tabiati, boʻgʻin tuzilishi, til tovush tomoni­ning grammatik tizimiga munosabati kabi umumnazariy masalalarni oʻrganuvchi boʻlimi.
UMUMIY KATEGORIAL MA’NOq. Kategorial ma’no.
UMUMIY LUGʻAT Soʻzligida adabiy tilning barcha koʻrinishlariga oid hamma leksik qatlamlar aks etadigan lugʻat. Bunday lugʻatlarning nomida biron jihatdan chegaralanishni koʻrsatuvchi soʻzlar boʻlmaydi. Ular oʻz vazifasiga (maqsadiga) koʻra nomlanadi: ruscha-oʻzbekcha lug‘at, izohli lugʻat, imlo lugʻati va b. Qiyos. Maxsus lugat.
UMUMIY SEMA Bir semantik maydondagi sememalarni tutashtiruvchi sema. Masalan, ota,ona, aka, uka, amaki, amma kabilardagi «qon-qarindosh» semasi; demoq, so‘zlamoq, shivirlamoq, pichirlamoq, uqtirmoq, so‘ramoq kabilardagi «ga­pi­­rish» semasi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling