B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


YOYIQ GAP Bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topgan gap: Qizlar zvenosi Dilshodning uyida oʻyin-kulgi bilan koʻngil ochishdi


Download 387.41 Kb.
bet125/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

YOYIQ GAP Bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topgan gap: Qizlar zvenosi Dilshodning uyida oʻyin-kulgi bilan koʻngil ochishdi (Oybek). Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi (Said Ahmad). Qiyos. Yigʻiq gap.
YON UNDOSH Til uchining yuqori milkka jipslashuvi nati jasida havo oqimi pastga tushgan til orqa qismining ikki yonidan oʻtishi bilai hosil boʻladigan l sonor tovushi.
YONDOSH ASSIMILATSIYA Yonma-yon undoshlar assimilatsiyasi. Masa­lan, kg > kk: tok + gatokka, td > tt: ket + diketti kabi.
YONDOSH DISSIMILATSIYA Yonma-yon undoshlar dissimilatsiyasi. Masa­lan, tranvay (ad.-orf. tramvay).
YONDOSH HOLAT Til birliklarining bevosita yonma-yon (orada boshqa birlik­lar boʻlmay) joylashuvi. Masalan, ega va kesimning yondosh holati: Mehmonlar keldi. Qiyos. Distant holat.
YOPILGAN BO‘GʻIN Undosh bilan boshlanadpgan boʻgʻin: bo-la, ti-lak kabi.
YOPIQ BO‘GʻIN Undosh bilan bitgan boʻgʻin: qat-tiq, oʻr-toq, mak-tab kabi.
YORDAMCHI FE’LLAR Yordamchi vazifasida qoʻllanib, qoʻshma fe’l hosil qilish, fe’lning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi, shuningdek, bogʻ­lama vazifasini bajaruvchi fe’llar. Ular oʻz vazifasiga koʻra uch turga boʻlinadi: 1) qoʻshma fe’l hosil qiluvchi yordamchi fe’llar: qil, ayla, et, boʻl: qabul qilmoq, ruxsat etmoq kabi; 2) fe’lning analitik shaklini hosil kiluvchi yordamchi fe’llar (bular odatda koʻmakchi fe’llar deb yuritiladi): boshla, chiq, yubor va b.: kela boshladi, oʻqib chiqdim, soʻrab koʻr, yiqitib yubordi kabi; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi koʻmakchi fe’llar. Masalan, boʻl: injener boʻlmoq.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling