OʻRIN HOLI Ish-harakatning boʻlish, yoʻnalish, boshlanish oʻrnini bildiruvchi hol: O‘rikzorda qizil ko‘ylakli bir ayol ko‘rindi. (P. Tursun) Tog‘dan sovuqqina yel esardi. (P. Tursun)
OʻRTA (O‘RTA-KENG) UNLILAR Til taiglay tomon oʻrtacha koʻtarilib, ogʻiz boʻshlivi ham oʻrtacha ochilishi bilan hosil boʻladigan unlilar: e, oʻ unlilari.
OʻTGAN ZAMON FE’LLARI Harakatning nutq paytidan oldin (nutq paytigacha) bajarilishini bildiruvchi fe’l, fe’lning shunday ma’noli shakllari. Oʻzbek tilida oʻtgan zamon fe’lining qo‘shimchalar yordamida, shuningdek, edi toʻliqsiz fe’li yordamida yasaluvchi bir necha turi bor: oldi, olibdi, olgan; olgan edi, olar edi, olayotgan edi, olib edi (oluvdi) kabi. Bu shakllarning har biri bevosita kuzatganlik, kuzatmaganlik, davomlilik kabi o‘ziga xos qo‘shimcha ma’nolari bilan bir-biridan farqlanadi: Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin kitobdan o‘rganganini ishga solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) Dehqonlar Navro‘zda dala ishlariga kirishganlar, ish hayvonlarini, asboblarini olib chiqib, yer hayday boshlaganlar. (M. Alaviya) Oyimxon sirni baralla ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyalganidan muloyim ovoz bilan kuldi. (P. Tursun) Qalandarov idoraga kirib ketayotgan edi, eshikdagi kattakon e’lonni ko‘rib to‘xtadi. (A. Qahhor) Uyimiz oldida chuchmomalar o‘sardi. Biz ularni bo‘tako‘z deb terar edik. (Sh. Xolmirzayev)
OʻTGAN ZAMON Harakatning nutq paytidan oldin bajarilishi. Shunday harakatni bildiruvchi fe’l «oʻtgan zamon fe’li», «oʻtgan zamon shakli» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |