B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet126/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

YORDAMCHI SOʻZLAR Mustaqil holda gap boʻlagi vazifasida kela olmay­digan, turlicha yordamchi ma’no va vazifalarda qoʻllanadigan soʻzlar. O‘zbek tili­da yordamchi soʻzlar ma’no va vazifasiga koʻra uch turga boʻlinadi:1) koʻmakchi (q.); bog‘lovchi (q.), yuklama (q.).
YOYIQ BO‘LAKQ. Murakkab boʻlak.
YOZMA NUTQ Nutq tovushlarini maxsus grafik belgilar vositasida yozish bilan ifoda etiladigan nutq.
YOZUV 1. Nutqni qogʻozda (yoki boshqa narsada) aks ettirish uchun xizmat qiladigan qarfiy grafik shakllar tizimi, shu tizimga asoslanuvchn aloqa vositasi.
2. ayn. Grafika.
YUKLAMA Ayrim gap boʻlagiga yoki gapga bir butun holda qoʻshimcha ma’no ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchi soʻz. O‘zbek tilida yuklama­ning quyidagi turlari bor: 1) soʻroq yuklamalari (q.); 2) kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari (q.) 3) ayiruv-chegaralov yuklamalari (q.); aniqlov yuklamasi (q.).

Z


ZAMONq. Zamon kategoriyasi.
ZAMON KATEGORIYASI Harakatning nutq paytiga munosabatini bildi­ruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga boʻlgan munosabatiga koʻra fe’lning uch zamon turi bor: 1) oʻtgan zamon (q); 2) hozirgi zamon (q.); kelasi zamon (q.). Harakatning nutq paytiga munosabatini bevosita yoki bilvosita ifoda­lashiga koʻra zamonning ikki turi farqlanadi: 1) mutlaq zamon (q.); 2) nisbiy zamon (q.).
ZIDLOV BOGʻLOVCHILARI Ma’nolari bir-biriga qarama-qarshi (zid) boʻl­gan uyushiq boʻlaklarni, shuningdek, qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻ­lash uchun xizmat qiluvchi bogʻlovchilar: lekin, ammo, biroq, holbuki kabi: Rasul cho‘l va daryolar tasvirini osongina tushirdi-yu, lekin shaharlarga kel­ganda biroz o‘ylanib qoldi. (N. Nor­qobil) Umuman, go‘zallik kishi uchun katta baxt ammo ki­shi­ni bezovchi barcha sifatlar ichida mehnatsevarlik bebaho ziynatdir. (R. Usmo­nov) Adabiyot atomdan kuchli, biroq uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak. (A. Qahhor) Sofiyaning quloqlari ostida otasining do‘rildoq, ammo erkalovchi ovozi yangra­gan­dek bo‘ldi. (O‘. Hoshimov)



Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling