B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHEKLASHMACHOQ
CHCHALG‘ITMA aynan tez aytish. CHANDISH Keng tarqalgan ma’naviy o‘yinlardan, ular so‘zda laqillatish, chandib olish hisobiga, “g‘aflatdagi” harifni hushyor torttirish, shu asosda so‘zga, so‘z ma’nosiga, ohangiga nisbatan sezgirlik reaksiyasini uyg‘otish hamda so‘z ohangidan hozirjavoblikka shaylash maqsadini ko‘zlaydi. – Moshin, dеgin. – Moshin. – Otang kеldi, yoshin! CHEKLASHMACHOQ Cheklashmachoq, odatda, ikki bolaning o‘zaro yashirincha kelishib-til biriktirib o‘zlariga yasama “ot qo‘yish”lari asosida yuzaga keladi. Bu hol ularning onaboshi (o‘yinboshi) bilan qiladigan savol-javoblarining sirliligini ta’minlagan. Cheklashmachoqlar aksar hollarda onaboshi (o‘yinboshi)ga murojaat qilish bilan boshlanadi: –Mati, mati, Kimi navbati? – Mening navbatim! –Toji tillo xo‘rozni olasanmi Yo chala mullo tovuqmi? –Toji tillo xo‘rozni. Men toji tillo xo‘roz! – O‘t men tomonga! Bunday cheklashmachoqlar murojaat va savoldan iborat bo‘lsa-da, savol hal qiluvchi ahamiyatga ega. CHISTON (fors. u nima?) She’riy topishmoq, narsa-tushunchaning nomini aytmagan holda oʻxshashlik yoki aloqadorlik asosidagi belgilarni tavsiflashga asoslangan janr. Oʻzbek adabiyotshunosligida lugʻz termini ham ishlatiladi. Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon, Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon? Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuzlarida parda tortug‘liq tururlar, bag‘ri qon. (Uvaysiy) Bu chistonda anor haqida soʻz boryapti. CHORLAMA bolalar bir-birlarini qo‘shiq aytib o‘yinga chaqiriruvi, chorlashi. ch. hamisha o’yinga da’vat etish, chaqirishdan iborat vazifani bajaradi. Hayqirib, baqirib-chaqirib, shovqin solib kuylash barcha chorlamalar uchun mushtarak xususiyatdir: -Bacha, bacha, bozi, Kim qora qozi? Kim o’yinga chiqmasa, Bo’yniga tosh tarozi 11 Будагов Л.З. Сравнительный словарь турецкого-татарских наречий. Том1., Санкт-Петербург, 1869, с.85 11 Animal kitobchalar hayvonlar, qushlar, hasharotlar rasmlari asosida tartib berilgan rangli kitoblar. ta’kidlab ko‘rsatilgan atamalar izohi lug‘tda mavjud. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling