B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUTAL
TRILOGIYA (yun. tri – qoʻshma soʻzlarda “uch”, logos – soʻz, hikoya) Sujet-kompozitsion jihatdan nisbiy mustaqillikka ega boʻlgan uchta asarning umumiy personajlarga egaligi, sujet chiziqlarining davomiyligi, muallif niyatining yagonaligi va shulardan kelib chiquvchi yaxlit konsepsiya tufayli butunlikka birikuvidan tashkil topgan asar. Trilogiyaning oʻzbek adabiyotidagi namunasi sifatida S. Ahmadning “Ufq” (“Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq boʻsagʻasida”) asarini koʻrsatish mumkin.
TUGUN (ruschadan kalka: zavyazka) Epik va dramatik asarlardagi voqeaband sujetning muhim unsuri, voqealarning boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar konflikti qo‘yilgan joy. Tugun sujetning zaruriy elementi sanaladi, ya’ni u sujetda har vaqt hozirdir. Tugun badiiy asarningturli oʻrinlarida kelishi mumkin: Oybekning “Qutlugʻ qon”, Abdulla Qahhorning “Qoʻshchinor chiroqlari” romanlari sujeti asarning tugunidan boshlanadi. N. V. Gogolning “O‘lik jonlar” asari oxirida Chichikovning “o‘lik jonlar”ni sotib olishga ahd qilishi asar sujetining tugunini tashkil qiladi. TUR Adabiy tur; adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, obyekt va subyekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhi. An’anaviy ravishda badiiy asarlar uchta katta guruhga – epik, lirik va dramatik turga ajratib kelinadi. Gegelning fikricha epos (epik tur) voqeani, lirika (lirik tur) ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. epik turga hikoya, qissa, roman kabi janrlar kiradi. Lirik turga turli shakldagi she’riy asarlar: barmoq vaznidagi she’rlar, g‘azal, ruboiy, lapar, yor-yor, xalq qo‘shiqlari kiradi. Dramatik tur o‘z ichiga drama, komediya, tragediya kabi janrlarni oladi. TUTAL aynan tez aytish. TUYUQ (turkiy tuymoq, his qilmoq) Turkiy xalkqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. Tuyuq 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; a-a-b-a, baʼzan a-b-v-b tarzida va favqulodda hollarda – a-a-a-a oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnisli qofiya tuyuq janriga o‘ziga xos joziba baxsh etadi, o‘quvchiga betakror zavq beradi. Masalan: Muniso, to‘kmay yigirma yetti yosh, Vah, yigirma yetti uzra yetti yosh, Yosh kibi mashg‘ulliq qilmoq nedur, Har qachonkim suhbatingg‘a yetti yosh. Bu tuyuq “yetti yosh” so‘zlarining tajnisi asosida yuzaga kelgan bo‘lib, unda shoirning chuqur hayotiy falsafasi yashiringan. U Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling