B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet187/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

TASVIRIY IFODA Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab bera­digan soʻz birikmasi. Masalan, qushlar – qanotli doʻstlar, paxta – oq oltin, rassom – moʻyqalam sohibi.
TAVTOLOGIYA (yun. tauto – aynan o‘sha, logos – so‘z) Matnda bitta so‘zning takrorlanishi; bu hodisa mumtoz adabiyotshunoslikda takrir deb atalgan. Xalq og‘zaki ijodida, poetik nutqda tavtologiyadan she’riy nutq emotsionalligini oshirish, ifodalanayotgan fikr yoki tuyg‘uga aloqador muhim so‘zni ta’kidlash orqali ta’sirni kuchaytirish vositasi sifatida keng foydalaniladi. Masalan, I. Mirzo she’ridan olingan bir bandda yumshoq so‘zi to‘rt marta takrorlanadi:
Ushuq urgan ko‘saklar yumshoq,
Paxta yumshoq,
Go‘daklar yumshoq
Domlaga gap qaytarmas edik,
Yer ham yumshoq – botardi etik.
Takrorlanayotgan yumshoq so‘zi sho‘ro zamonida paxtaga qul qilingan xalq fojia­sini “yumshoqlik” bilan ochib beradi.
TAZKIRA (ar. zikr etish, tilga olish, eslash) Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr. Tazkirada shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi mux­tasar ma’lumotlar zikr etilib, ularning asarlaridan namunalar (odatda bir necha bayt hajmida) keltiriladi va ijodiga umumiy tarzda baho beriladi. Alisher Navoiyning “Majolisun nafois” asari turkiy tildagi tazkiralarning go‘zal namunasidir.
TAZOD (arab. – zidlash) Badiiy tasvirning taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vosi­­­­­ta­laridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid tushunchalarni ifo­dalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi:

Gahe tobtim falakdan notavonligʻ,


Gahe koʻrdim zamondan komronligʻ.
Base issigʻ-sovugʻ koʻrdim zamonda,
Base achchigʻchuchuk togtim jahonda.(Navoiy).
«Notavonligʻ – komronligʻ», «issiq-sovuq», «achchigʻ-chuchuk» soʻzlari vositasida tazod yaratilgan.
Tazod, dastlab folklor va qadimgi badiiy adabiyotda ishlatilgan.
TEGISHMACHOQ Qofiyadosh laqablardan o‘sib chiqib, bolalarning bir-birlariga va kattalarga hazilkashliklari, tegishishlaridan tug‘iladigan goh mutoyibali, goh mulozamatli, goh mazaxli yumoristik badiha. Ulardagi yumoristik zavq oniydir. Shu sababli, aksariyati ikki, uch, to‘rt, besh, olti va sakkiz satr atrofida. Bunday kompozision ixchamligi-yumoristik zavqning lahzaviyligi, uzoqqa cho‘zila olmasligi, samimiyligi va beg‘arazligi bilan bog‘liq.
Ergash degan oti ekan,
Oyoqlari shoti ekan,
Noskaduday burni ekan,
Kajavaday qorni ekan,
Somonxona o‘rni ekan.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling