B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet183/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

T


TABDIL (ar. o‘zgartirish, almashtirish, moslashtirish)1. Mumtoz matnning janrini saqlagan holda hozirgi oʻzbek tilida bayon etish.
2. Mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, bayt tarkibidagi ukki soʻz yoki birikmani avval ma’lum bir tartibda keltirib, soʻng ularning oʻrnini almashtirib takrorlash.
Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil. (A. Navoiy)
3. Bolalar adabiyotida xalq ertaklarini bolalarga moslashtirib qayta aytish an’anasi. Shukur Sa’dulla ana shu ilg‘or tajribani o‘rganish asosida nafaqat o‘zbek, balki boshqa xalqlar ertaklarini ham bolalarga moslashtirib tabdil qilishda ma’lum natijalarga erishdi, u elliklan ortiq xalq ertagini bolalarga moslashtirib qayta ishladi va kichkintoylargi tortiq etdi: katta hajmdagi ertaklardan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga moslab, kichkina ertaklar yaratishi kabi… Shuningdek, Qur’oni karim oyatlari va hadislar mazmunini axloqiy va tasavvufiy asosda sharhlash, kengroq yo‘sinda tabdil qilish hamda mohiyatini teranroq ifodalash asosida shakllangan pandnomachilikni misol keltirish mumkin.
TABU (polinezcha tapu – taqiqlash) Qadim zamonlarda raqamlarga sig’inish, ularni muqaddaslashtirish va fol vositasi sifatida qo’llash ayrim ta’qiq (tabu)larni yuzaga keltirgan. Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish va sh.k. ta’-sirida ma’lum so‘z, harakat kabilardan tiyilish, ularni cheklash, man etish; ish-latilishi, qo‘llanishi cheklantan, man etilgan so‘z, narsa, harakatning o‘zi (Mas, chayon so‘zini qo‘llamay, uning o‘rnida eshak, oti yo‘q so‘zlarini ishlatish). Islom aqidalarining odamni sanashni man etganligi, shuningdek, barakasi uchmasligi uchun yana talay tirikchilik voistalarini oldindan sanamaslik an’analari ana shunday ta’qiqlar silsilasii tashkil etadi/ Shuningdek, ertak ijrochiligining o‘ziga xos tabu – ta’qiq va irimlari ham bo‘lgan: ertakchi ertak aytayotganda eshikni mahkam tambalagan, o‘choqqa olov yoqqan, yoniga achchiq va keskir narsalar, yana, non, suv, tosh singari narsalarni qo‘ygan.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling